Mavzu: Latifachi USER larimiz uchun maxsus
Mavzu BahhTeeUz tomonidan yopilgan.
36. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 10:58
Praporshik askarlarga yangi ishlab chiqilgan tank haqida so`zlab beryapti:
— Qarshingizda fan va texnikaning so`nggi yutuqlari ila yaratilgan jangovar mashina turibdi. Ushbu tank bortiga kompyuter o`rnatilgan bo`lib...
— O`rtoq praporshik, o`sha kompyuter tezligi haqida ham to`xtalib o`tsangiz, iltimos.
— Ovsarlar uchun alohida ta’kidlab o`taman. Kompyuter tank harakatining tezligi bilan teng harakatlanadi
37. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 10:59
Sen haqingda hamma narsani bilaman:
1. Hozir Internetda o`tiribsan.
2. Sen saytdasan.
3. Sen hozir buni o`qiyapsan.
5. 4-band yo`qligini payqamading.
6. Ana, tekshirib ko`ryapsan.
7. Endi jilmayding.
kulgu.uz sayti bilan hamisha kayfiyating a’lo bo`lsin.
38. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 10:59
Bir yigit do`stiga gapirib beryapti:
— Yo`lda ketayotsam, osmondan oldimga "Tap" etib qurbaqa tushdi.
Yerda yotgan toshga urildi-yu, go`zal qizga aylanib qoldi.
— Chiroyli qizmi?
— Ha, juda-yam...
— Aqillimi?
— Ha, dono!
— Unday bo`lsa, yerdagi toshga juda qattiq urilgan ekan-da...
39. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 11:00
"Ertaga bajararman..." degan so`z qiyin vazifalar uchun eng ma’qul yechimdir!
40. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 11:00
Ikkita odam baliq tutib o`tirib, bir qadahdan aroq quyishibdi. Shu payt qarmoqqa baliq ilinibdi. Aroqni yoniga qo`yib, qarmoqni tortib chiqarsa, baliq "Shalop" etib aroqni ichiga tushibdi.
Jahl bilan aroqni ko`lga to`kib tashlabdi. Aroqni ichidagi baliq suvga qaytib tushib, sheriklariga maqtanibdi:
— Tepada ikkita ovchi ushlagan baliqlariga bir qadahdan aroq quyib berib, yana suvga tashlab yuboryapti, - dermish.
41. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 11:02
Yuqori qavatdagi qo`shnim ertalab bolasiga shunaqa qattiq baqirdiki, men ham bir zumda xonamni yig`ishtirib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim.
42. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 11:02
Bir erkak har doim xizmat safaridan qaytishda xotiniga qo`ng`iroq qilib:
— Azizam, men bir soatda boraman, - deb qo`yarkan.
Bir safar eri qo`ng`iroq qilmasdan, to`ppa-to`g`ri uyga kelaveribdi. Eshikni ochib kirsa, xotini jazmani bilan o`tirgan emish.
Sekin oyoq uchida ko`chaga chiqibdi-da, qo`ng`iroq qilib:
— Azizam men yetib keldim, hozir uyga kiraman, - debdi. Kirsa, uyda xotinidan boshqa hech kim yo`q! Shunda haligi erkak chuqur ho`rsinib:
— Ikki "sent"ni tejayman deb, oilam buzilib ketay dedi-ya, - degan ekan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 319
Mavzuga oid xabarlar soni: 606 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 March 2018, 15:55
Mavzuni ko'rishgan: 22 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 226 (0/226)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru