Mavzu: Latifachi USER larimiz uchun maxsus
Mavzu BahhTeeUz tomonidan yopilgan.
43. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 11:03
Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.
Xudo ko`rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo`lsam...
44. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:33
Onasi qo`lida kichkina bolakayni ko`tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o`tgan-ketganlarga, — Jo`na, yo`qol, bor ket! - deb baqiraverarkan.
Bir kishi:
— Hoy bola, o`zi kichkina bo`lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so`zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi.
Bolakay:
— Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi:
— Ha, bilaman, - debdi.
— Unaqada jo`na, yo`qol, bor ket! - dermish yana bolakay..
45. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:33
Xotini eriga maqtanibdi:
— Adasi, bilasizmi, men ertaklar mamlakatidan kelganman...
Eri ensa qotirib:
— Qanaqa mamlakatdan?
Xotini:
— Go`zal va mehribon malikalar yashaydigan mamlakatdan!
Er:
— Ha, haydab yuborishdimi???
46. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:34
Arman ishga joylashish uchun nufuzli tashkilotga kelib oliy ma`lumot haqidagi diplomini ko`rsatdi. Tashkilot rahbari so`radi:
— Bu diplomni qayerdan sotib olding?
— Nega endi arman bo`lsa, diplomni sotib olgan chiqaveradimi? Sovg`a qilishgan!
47. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:35
Ona qo`shnisiga maqtanyapti:
— Bilasizmi, qizim Hilolaxon atigi olti yoshga to`lgan bo`lsayam ingliz tilini, algebrani o`rganyapti. Qizim, algebrachasiga «Salom» so`zini aytibber!
48. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:36
Xotini ko`zgu oldida o`ziga oro berib eriga maqtana boshlabdi:
— Bilasizmi? Bugun kosmetologga borgandim. U meni yuzimni 18 yoshli qiznikiga o`xshatdi.
Eri ensa qotirib:
— 48 yoshli ajinlaring haqida hech nima demadimi, - desa, xotini jahl bilan:
— Yo`q! Sizni so`ramadi, - dermish.
49. Nodirali (1720) [off] | TXT | 0| 25 Feb 2017, 12:37
Xafta qanday davom etadi bilasizmi?
Duuuuuushaaaaanbaaaa
Seeeeeeshaaaaanbaaaa
Choooorshaaaaaanbaaaa
Paaaayshaaaaaanbaaaa
Juuuuumaaaaaa
Shanba, Yakshanba..
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 319
Mavzuga oid xabarlar soni: 606 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 March 2018, 15:55
Mavzuni ko'rishgan: 22 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 257 (0/257)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru