Mavzu: Onalar haqida she'rlar
64. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:31
Suyangan tog'imsiz Otajon!
Ishongan bog'imsiz Onajon!
Jonajonim
Mehribonim
o'zingizsiz onajon
g'ururim
ishonchim
dilda quvonchim sizsiz otajon
65. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:33
Yana atadim she'r,azizim ota,
Sizni desam, tanda jo'shar
hayajon.
Quyoshga yetguncha yozsam-
da,oz-oz,
Sizga muhabbatim dilda bir
jahon!
66. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:34
Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash,
Xam egilib bu egilmas bosh,
Ko'zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Qaytar bo'lsam quruq qo'l
ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o'lja,ulovdan,
Qarzga botar bo'lsam birovdan,
Taskin berib Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Birda haqdin,birda nohaqdin,
Jabr ko'rsam bir betavfiqdin,
Ortda tursa qalbi quroqdin,
Qadrim xarob bo'lsa tuproqdin,
Ohlar urib Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Og'a-ini o'rtasida gap...
Alhol,kelib chiqsa ixtilof,
Biri izzat,biri mulk talab,
-Bu oq sutim,mehrimga xilof,-
Deya sho'rlik Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nogoh mag'lub bo'lsam
maydonda,
Nomim qolmas bo'lsa jahonda,
Kim do'st-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
YIG'LATMAGIN MUSHFIQ ONAMNI,
VOLIDAYI MUHTARAMAMNI !!!
67. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:34
yetim o'g'loningga quloq sol
dunyo, kechalar to'lg'onib yig'lab
yotaman, bir kun baxt-omad ni
toparman ammo, duogo'y
onamni qaydin topaman...
do'stlar kelib ketar xalol va
sotqin, halal tun shodlik jabr
tortaman, dushman ham
do'stimga aylanar lokin, duogo'y
onamni qaydin topaman...
bir kun sekinlashar hayot
kemasi, nogoh langar tashlab
suvga botaman, yuzimga urilsa
o'lim sharpasi, duogo'y onamni
qaydin topaman..
fano sayri tugab qil ko'prik
o'dam,
gunohim ko'p manim qandoq
o'taman, e voh e sadoyi
gunohkor bo'lsam, duogo'y
onamni qaydan topaman..
duogo'y onamni men qaydan
topaman??
***
Yulduz Usmonova - Duogo'y
qo'shig'idan parcha
68. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:34
Onamga
Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.
Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u?
Onajonim, sog'indim, sizni.
Kеling, onam, mеhmonim bo'ling,
Boshim uzra, posbonim bo'ling.
Yuragimga, darmonim bo'ling,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo'ymang
gunohga,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Tonglar, qo'lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Hudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog'indim, sizni!
69. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:34
Qadriga yet bolsa ularni
Xurmatini qoygin joyiga
Bekorlarga jannatni ollox
Qoymagandir ona poyiga
***
Onang borida uchib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan
Otang borida uchiiib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan
70. Doston (M) (275) [off] | TXT | 16| 30 March 2018, 21:42
Bir qo`lda beshik bir qo`lda bolasi Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi Bu o`zbek ayoli o`zbek onasi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1026
Mavzuga oid xabarlar soni: 78 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Apr 2018, 15:27
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 216 (0/216)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru