Mavzu: Onalar haqida she'rlar
15. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 01:53
Ayol
Qadoq qo'llaringa beshik izi bor,
Mehringda ulg'aygan farzanding bisyor.
Jannatni sog'inib kim izingda zor,
Duosi muqaddas, Onamsan Ayol.
Gullar tarovati senda mujassam,
Pokiza qalbingda iymon nuri jam
Qiyosing aytmoqqa netayin so'z kam,
Dunyoda tengi yo'q siymosan, Ayol.
Baxtimga sog' bo'lgin, shod yurgin doim
Farzanding kamolin ko'rgin iloyim
Dunyo saodatin bersin Xudoyim,
Sen onam, sen opam, singlimsan, Аyol.
16. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 01:54
Onangni esla
Do'sting qilmishidan alam o'tganda
Xiyonat ko'zasi sitam to'kkanda
Ilhom orom bermay sozin tutganda
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
Olqishga burkansang vujuding sarmast
Yulduzga qo'l cho'zsang yetganida dast
Ulkan maqsadlarga qilganingda qasd
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
O'g'ling oshiq bo'lsa bir qalam qoshga
Uyingga to'lsa gar to'y-u tomosha
Sochingga oq tushsa yillardan osha
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
Do'stim o'ylab ko'rgin issiq tanangga
Tirnoq botirmayman eski yarangga
Termulib qaro ko'z shirin bolangga
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
17. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 01:55
Энг гўзал қарғиш
Бир саҳрои аёлнинг
Ўғилчаси шўх экан.
Ундан зарар кўрмаган,
Бирон куни йўқ экан.
Қозондаги таомин,
Тепиб қочиб кетаркан.
Мешидаги сувини,
Сепиб қочиб кетаркан.
Қарғар экан боласин,
Қилолмасдан эпини,
Қирқиб қочганида кир
Ёядиган ипини
"Ҳой, ипимни қирқмагин,
Қалбинга илм тўлгур.
Ҳой, мешимни тешмагил,
Каъбага имом бўлгур!
Сичқон думин кесмагин,
Беозор бўл, тўғри юр.
Ғариб йўлин тўсмагил,
Каъбага имом бўлгур."
Демас экан:"Жувонмарг",
"Ҳароми","Мараз","Ўлгур",
Битта экан қарғиши:
"Каъбага имом бўлгур!"
Ният кетди, вақт ўтди,
Мисли ел ё шабада,
Шу онанинг, шу ўғли
Имом бўлди Каъбага.
Не-не шоҳу султонлар,
Орқасидан туриб ғоз.
Унга иқтидо қилиб,
Ўқир эдилар намоз.
Дуо-ла шум боладан,
Чиқди бир хуш нафасли
Олим, ҳофизи Қуръон -
Абдураҳмон Судайсий.
Назоратда инсоннинг,
Ҳар сўз, ҳар бир нафаси,
Ибрат бўлсин бизга бу
Aллоҳнинг мўъжизаси.
Комил инсон кўрдингми,
Марҳабо, билки улар -
Ота-она, элидан
Дуо олган болалар.
18. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 01:55
Onajonimni eslagim keldi
Hayolim ketibdi uzoq o'tmishga,
Utgan umrimni bir eslagim keldi.
Alla aytayotib bolam deb aytgan,
Mehribon onamni eslagim keldi.
Dunyoga keltirib oqsutin bergan,
Kechalar uxlolmay meni uxlatgan.
Taxajjudda ultirib duolar qilgan,
Farishta onamni eslagim keldi.
Bugun ulg'aytirib kuzatarkan zo'o'r,
Aytadi, maktabda urushma ug'lim.
Ustozlaring suzlarin doim bajarib,
Aytganlarin eslab qol, aqlli ug'lim...
Kup nasixat qilganda volidam onam,
Etibor bermabman aytgan suziga.
Bugun bulib yana onamga muhtoj,
Xidoyatli munisamni eslagim keldi.
Qilishga ulgurmay qoldim xizmatin,
Onamni yuqotib quydim netayin.
Bulsam hamki ablax yoki betayin,
Ug'il bulib onamni eslagim keldi.
Otamni kunglini doim kutargan,
Uyimni fayz ila doim yashnatgan.
Bizni tashlab ketar kuni mung-mung yig'latgan,
Oq libosli onamni eslagim keldi..
Mayli, onajonim jannatiy buling,
Borar manzilingizda nurlarga tuling.
Farishtaga aylanib, tushimga kiring,
Polvonim deb erkalab keling onajon ..
19. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 01:57
Volidamni bir yodga olib
Bir bora eshitgin gulginam meni,
Aytaman hoziroq kelsa ham malol.
Shuncha yugiribman qolmay ortingdan,
Endi onamni ham bir esga olay.
Ustirdi , hayotga keltirib meni,
Umrini ,yoshini bag'shida qildi.
Men esa ul zotni yetmay qadriga,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Oldin yurar ekanman yonib ishqingda,
Kuzlarim zor buldi qolib yulingda.
Endi esa Seni surib bir chetga,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Volidam suratin kuribman tushda ,
Bag'rimga bosibman sog'inchim zur-da.
Yana onamni tushda kurish ilinjida,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Yorim ham bulasan kun bir kun kelib,
Gullarim olasan bag'ringa bosib.
Uyimni gulim senga bag'ishlay turib,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Bul zot duosi-la baxtli bulamiz,
Usha saroylarda qusha qariymiz.
Kel sen ham yonimga duo qilamiz,
Bugun bir onamni birga eslaymiz
20. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 7| 9 March 2017, 02:03
Yuragimni,
bir his
o'rtaydi, Qani, yo'lim yaqin
bo'lsaydi. Ko'nglim har on, sizni
qumsaydi, Onajonim, sog'indim,
sizni. Ko'zlarimga, kеlmaydi
uyqu, Mеni qiynar, bir ajib
tuyg'u. Bilmadim bu, sеvinchmi,
qayg'u? Onajonim, sog'indim,
sizni. Kеling, onam, mеhmonim
bo'ling, Boshim uzra, posbonim
bo'ling. Yuragimga, darmonim
bo'ling, Onajonim, sog'indim,
sizni. Yolvoraman, har tong,
Olloxga, Olib tursin, sizni
panohga. Borolmasam,
yo'ymang gunohga, Onajonim,
sog'indim, sizni. Tonglar, qo'lim
ochib duoga, Iltijolar qilgum,
Hudoga. Umringizni etsun
ziyoda, Onajonim, sog'indim,
sizni!
21. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:04
Sevganimni sizdan ham,
Afzal bildim onajon.
O‘sha qizni o‘ylab man,
Kasal bo‘ldim onajon.
Oqshomlari qon yutib,
Zahar ichdim onajon.
Kech bo‘lsada sevgimdan,
Endi kechdim onajon.
Do`stlaringiz bilan baham
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1026
Mavzuga oid xabarlar soni: 78 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Apr 2018, 15:27
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru