Mavzu: Onalar haqida she'rlar
50. Doston (M) (275) [off] | TXT | 2| 16 Dec 2017, 23:54
UzB__MaSTeR (16 Dec 2017, 23:53):
Bravo shoirlar
MISTER_MaSTeR, :zorr:
51. Doston (M) (275) [off] | TXT | 2| 16 Dec 2017, 23:56
Derkan Olloh bir pas kutaylik Hali kelib qolar bezori bolam Sog'indim ko'rmasam bo'lmas bolamni Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim
52. Doston (M) (275) [off] | TXT | 2| 17 Dec 2017, 00:04
Ona zorzor kutarmish farzand soyasi Ko'rinmasmish eshik ochib kelmasmish xech kim Tikilib tikilib ko'zlari tolgan Onaning ko'zlari yumilay dermishOna yaxshi bilarmish keladi bolam Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon Toliqqan yuragi qaltirar bir xol Ona qo'lga qalam olib yozarmish bir xat. "Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq Hudo berdi bag'rimga to'qqiz oy boqdim Dunyoga keldinggu mehribon bolam Seni tuqqan onangni,unutib ketting. Qayerdasan qaylardasan bilsam qaniydi Mayli kelma bolajonim o'zim borardim Seni bir bor bag'rimga bossam roziman Armonim qolmasdi qaydasan bolam Ko'nglim sezar kelayapti bolam Ollohim, Nega buncha shoshilmasang jonim olishga Hayot uchun ko'p bo'ldimi bitta jon senga Shuncha sabr qildimku mensabr qil sen ham Ana keldi keldi axir mehribon bolam Jonim bolam kelaqol yuzko'zing o'pay Seni juda sog'indim yolg'izim bolam Biroz yonimda qolgin sen bilan bo'lay Farzand ko'zin yoshlabdi kech qoldimmi onajon Kechiring men bag'ritosh beshafqat bolangizni Qo'ldagi xatni olib o'qib o'ksib yig'labdi Afsus ona ko'zin ochib Ollohga jon beribdi
53. Doston (M) (275) [off] | TXT | 2| 17 Dec 2017, 00:07
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
Ijobiy (1): UzB__MaSTeR,
54. UzB__MaSTeR (1334) [off] | TXT | 2| 17 Dec 2017, 14:26
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
55. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:28
Onangizni qo'llarini o’pib
qo’ying,
O’sha qo’llar tebratganku
beshigingiz.
Bolam kelsa kutmasin-deb
onaizor,
Ostonada poylab turgan
eshigingiz.
~~~~~~~~~~~~~~~~~
"Onamga"
Oh, mening ortimdan ovvora
onam,
Bir parcha yuragi ming pora
onam.
Bir baloni ko`rib yorug`
dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora
onam.
Bolang bo`lib bir bora boshlab
keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il
bo`ldimmi,
Garchi bisotingda "bayram" so`zi
yo`q,
Bilaman kutasan sandan to`la
cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi
yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q
bu oqshom.
Senga na gul berdim na shirin
kalom,
Endi men ham o`g`ilmi onam?...
Deysan: olislarda omon yursang
bas,
Bolam, senga hamma qiladi
havas...
Ahir mening dardim she`r emas
faqat,
Men mashhur shoirmas, mashhur
beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi
ayt?...
Shaning she`r bitdim. U seni
topsin,
Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni
o`psin.
Undan ham ulug`in borligin
ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni
so`rsin.
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi
onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi,
Onam!...
~~~~~~~~~~~~~~~~~
Topmoq - yo`qotmoqdir,
Yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib,
Men yashab,
To`lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko`proq yo`qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig`latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
~~~~~~~~~~~~~~~~
Men sizni o'ylayman shomu
saharda,
Ona, sog'insam ham bora
olmayman,
Tunlaricharog'on shunday
shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora
olmayman.
Men siz aytgandayin hammani
sevdim,
Hammaga ishondim, mana
oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi
sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi
nafrat.
56. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:29
Ey ko'zgu, men pokman deb
kerilma
zinxor,
Sendan ham pokiza Ona qalbi
bor!
Ey quyosh, nurliman demagin
zinxor,
Sendanda nurliroq Ona mexri
bor!
Ey suv, hayotman demagin
takror,
Hayot baxsh etgan Ona suti bor!
Dilni maftun etar bulbul yallasi,
Undanda maftunkor Ona allasi!
<<<1..456789101112>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1026
Mavzuga oid xabarlar soni: 78 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Apr 2018, 15:27
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 317 (0/317)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru