Mavzu: Onalar haqida she'rlar
57. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:29
Ota meni o'ylab g'am ema,
Ko'nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to'xtash bilmaydi
Kamalakka aylanar yo'lim
Goho g'amnok gohida sho'xman,
qaytishimni o'ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o'qman
Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo'rqma mening sinmas kuragim
Qo'rqma mening o'ylarim halol.
Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.
Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.
Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo'yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..
Faqat meni o'ylab g'am ema
Guldirakman ko'ngling bo'lsin
to'q
Ota bo'lsang bilasan dema ,
Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q
58. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:29
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
59. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:30
IKKI QO‘RG‘ON
Onang ketsa savlatlaring
ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring
ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan
ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring
ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan
giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor
yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar
dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-
yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin
kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan
bayot
u.
Nogoh agar yo‘llaringda
qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan
tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab
ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida
sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh
yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar
yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar
do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar
do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir
o‘tgaydir.
Guljamol Asqarova
60. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 2| 19 Dec 2017, 12:30
Otalar sha'niga loyiq so'z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan
teng.
Ularning mehri-ku,bamisli
charoq,
Bag'ri ham yulduzli osmon kabi
keng.
Sharqona tashbehni olsam gar
yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor
lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq
uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli
xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum
zardobi
Sochlari qirovdek ko'pirib
chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir
beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo'ldi,o'lim yo'q
demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko'kka termulib kutmasman
madad
Do'st izlab har yonda
kezmasman
sarson.
Do'stu madadkor ham otadir
abad,
Shoni-shoning erur,armoni-
armon.
Abdulla Oripov
61. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 15| 19 Dec 2017, 12:30
Ka'ba qopqasida turgan,ey
posbon,
Avval onalarning ochgin
yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin
Hojar onamizning nidosi sabab
Ka'bada ko'z ochgan Obi Zam-
zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida
nam.
Qavmimni ranjitib
qo'ymayin,ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar
aytgan,muloyim.
Sho'rlik odamzodning tolei
uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora,gunohlardan pok bo'lgay
ochun,
Onalar o'tinchi topib ijobat.
Ka'ba qopqasida turgan,ey
posbon,
Avval onalarning ochgin
yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin.
62. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 15| 19 Dec 2017, 12:31
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham
guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan
ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan
ham-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Sig`may qolsam shunday keng
bu
jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona
-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor,
dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-
yor,
dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor,
dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim
deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi,
o`g`lim
deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim
deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham
guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan
ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan
ham-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
63. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 16| 19 Dec 2017, 12:31
Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
***
Muhammad Yusuf
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1026
Mavzuga oid xabarlar soni: 78 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Apr 2018, 15:27
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 359 (0/359)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru