Mavzu: Futbolga oid maqolalar
So'rov natijasi
Mavzu sizga yoqdimi?
Ha,yoqdi. (1)
Ajoyib. (0)
Chidasa boladi. (0)
Yo\'q,yoqmadi. (0)
Buyam mavzumi. (0)
1. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:09
Bu yerga futbolga oid maqolalarni yozib boramiz.
Misol uchun futbolchilar hayoti,rekordlari
Futbol haqida qiziqarli faktlar
Futboldagi tarixiy voqealar va boshqalar...
2. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:14
Ozim boshlab beraqolay Sevimli futbolchim Lionel Andres Messi haqida

To'liq ismi: Lionel Andres Messi

Laqablari: Leo, Bloxa

Tavallud topgan: 1987 yilning, 24 iyunida

Fuqaroligi: Argentina va Ispaniya

Bo'yi: 169 sm.

Vazni: 67 kg.

Ampluasi: Hujumchi

Kataloniyada bir ajoyib jamoa bor. «Barselona»! Mana necha yildirki jahon futbolini larzaga keltiryapti, o'zining «davri»ni tuza oldi. Ayniqsa, 2009 yilda kataloniyaliklar bosh murabbiylik stuliga jamoaning sobiq a'zosi Pep Gvardiola kelganidan so'ng, «ko'k-anorranglilar» o'zgacha o'yin namoyish etishni boshladi. Qaysi raqib kelmasin, birma-bir chetga «terib» qo'yaverdi. Chindan ham, Pep Kataloniyada o'zgacha futbol iforini namoyish etgandi. Jamoaviy o'yinni! Boshqacha qilib aytganda, Gvardiola Futzalni stadionda ham o'ynash mumkinligini isbotlay oldi.

«Barselona»ning hozirda uchta ustuni bor, bilasiz. Bular - Messi, Xavi va Inestalar. Gvardiola qo'l ostidagi jamoa aynan mana shu «uchlik» asosida qurilgan. Bir qancha futbol mutaxassislari ham buni bod-bod ta'kidlashgan, ta'kidlashmoqda. Messi bo'lmasa Xavi va Inestaning o'yini qovushmaydi, Xavi bo'lmasa Messi va Inestani va x.k. Agar uchchovi bo'lmasa «Barsa»ning o'yini qovushmaydi. Bog'liqlikni qarang!

Men bu uchovlonga boshqacha qilib, «Uch og'a-ini botirlar» deya nom berdim. Haqiqattan ham, bir necha yillardan buyon bir jamoada faoliyat yuritayotgan bu futbolchilar og'a-inidek bo'lib ketishgan. Maydonda bir-birlarini ham shunga yarasha tushunib o'ynashadi. Demak, hozir «Barselona»ning eng asosiy ustunlaridan biri bo'lmish «kenja botir» - Lionel Messi haqida gaplashamiz.
Qahramonimiz 1987 yilning 24 iyunida, Argentinaning Rosario shaharchasida tavallud topgan. Otasi - Xorxe Messi, fabrikada ishchi. Onasi - Siliya Messi (qizlik familyasi Kussitini) esa farrosh bo'lib ishlardi. Otasi asli Italiyaning Ankoni shahridan, onasi Anjelo Messi 1883 yilda Argentiniyaga ko'chib kelgandi. Messining Rodrgio va Matias ismli akalari bor. Shuningdek, Maria Sol ismli opasi ham bor. Ko'rib turganingizdek, Leo oilasida eng kenja farzand.
Lionel Messi 13 yoshni qarshi olganda uning iste’dodi haqida «Barselona» klubining aktsiyanerlaridan biri eshitib qoladi va uni olib kelish uchun klub skautlari - Martin Montero va Fabian Soldinilarni yuboradi. O'z navbatida skautlar Messi va uning otasini Ispaniyaga ko'chib o'tishiga ko'ndirishadi. 2000 yil 17 sentyabr kuni futbolchi otasi bilan birgalikda Kataloniyaga keladi. Biroq, jamoaning sport direktori Karles Reksach boshqa ishlari bilan mashg'ul bo'lgani tufayli ko'rikdan o'tish ishlari 3 oktyabr kuni o'tadi. Reksach Messining o'yini ko'rgach, shunday hayratga tusha boshladiki, uni «ko'k-anorranglilar» jamoa mutasaddilariga ko'rsatish uchun bor harakatlarini ishga tushira boshladi. Shuningdek, Messi oila a'zolarini Evropaga olib kelish uchun sarflangan mablag'ni hamda futbolchini davolashga ketadigan summani, ya'ni bir yilga 90 ming evro miqdoridagi mablag'ni ham to'lash vazifasini o'z bo'yniga oldi. O'sha kundan buyon, Messi yoshlar jamoasida to'p surishni boshladi.
3. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:14
Futboldagi birinchi qadam

Messi besh yoshidan boshlab futbol bilan shug'ullana boshladi. O'sha paytlarda u «Grandoli» klubida otasi Xorxe boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazgan. Messi 1995 yilda o'zining tug'ilgan shahri jamoasi «Nyuellz Old Boyz» jamoasiga o'tdi. Leonel 11 yoshida otasi va onasi bilan Barselona shahriga bordi va 13 yoshida «Barselona» yoshlar jamoasida o'zining birinchi pokerini qayd etishga erishdi. U Kataloniyada tezda o'yinga kirishib ketdi. Va buning samarasi o'laroq, «Barselona»ning ikkinchi jamoasi asosiy tarkibida qo'shilib olib, deyarli har bir o'yinda raqiblari darvozasini ishg'ol qilaverdi.

«Barselona»dagi faoliyati haqida

Messining Kataloniya jamoasidagi debyuti 2003 yilning 17 noyabriga to'g'ri kelgan. O'shanda «ko'k-anorranglilar» «Portu»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishgandi. O'yindan so'ng, Ispaniyaning mashhur nashlaridan biri – «El Mundo» yuqoridagi o'yinda ishtirok etgan Lionel Messiga quyidagi tarifni bergandi:

«Messi uch futbolchining qorishmasi. Bu yigitning chapaqayligi Maradonadan, tezligi Kroyfdan va pas berishi Ronaldinodan olingan».

Messining «Barsa»ning rasmiy uchrashuvidagi debyut o'yini Ispaniya chempionati 2004/05 yillari mavsumining 7 turiga to'g'ri kelgandi. 16 oktyabr kuni bo'lib o'tgan bahsda «Barselona» safarda «Espanol»ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi. Mana shu o'yinda Messi 85 daqiqada Dekuning o'rniga maydonga tushgan. Argentiniyalik futbolchining Kataloniyaliklar safidagi dastlabki goli 2005 yilning 1 mayida «Albasete» darvozasiga kiritilgandi. Ushbu bahsda Messi 17 yil 10 oy va 7 kunni qoralab qo'ygandi. Shuningdek, 2004/05 yillari mavsumi Messi uchun yana bir quvonchli daqiqalarni bag'shida etgan. U 2004 yilning 7 dekabrida Evropa chempionlar ligasida ham o'zining debyut bahsini «Shaxtyor»ga qarshi maydonga tushish bilan boshlagan. EChLdagi birinchi gol esa 2005 yilning 2 noyabriga to'g'ri keladi.

2005-2009 yillar haqida

Messi 2005 yilda Ispaniya chempionligini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, Evropa chempionlar ligasida finalga chiqib, Londonning «Arsenal» jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Afsuski Leo final bahsiga jarohati tufayli etib kelolmadi. 2005 yilning dekabr oyida Italiyaning «Tuttosport» nashri mavsumning «Tillo bola» nominatsiyasiga Lionel Messini loyiq deya topdi. Argentiniyalik futbolchi ushbu unvonni Ueyn Runi va Lukas Podolskilarni ortda qoldirib qo'lga kiritdi.

2006 yildan boshlab, Messi o'zining qanday kuchga qodir ekanligini hammaga namoyish qila boshladi. 2006/07 yillari bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatini juda ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. «El Klassiko»da «Real» darvozasiga xet-trik yo'lladi va jamoasini mag'lubiyatdan asrab qoldi - 3:3. Messi ushbu mavsumda «France Football» nominatsiyasi hisoblangan «Oltin To'p» unvonining uchinchi pog'onasini egallay oldi. Kaka va Ronaldu mos ravishda birinchi va ikkinchi pog'onalarni qayd etdi.

2007/08 yilgi mavsum esa Messi va «Barsa» uchun juda
4. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:14
edi. Chunki «Barselona» o'zining eng ajoyib mavsumlaridan birini o'tkazdi. Ammo, shunga qaramay, o'rtadagi farq shu darajaga etishini hayolimga ham keltirmagandim. «Oltin to'p» sovrini qo'lga kiritish men uchun katta sharafdir. Chunki bu sovrin buyuk futbolchilarga nasib etgan. Ammo buyuk futbolchilardan barchasi ham bu sovrinni qo'lga kirita olishmagan. «Oltin to'p»ni ikkinchi marta qo'lga kiritishim juda qiyin kechadi. Avvalo jamoamizdan o'tgan mavsumdagi o'z o'yinini namoyish etishi talab etiladi».

Shuningdek, argentiniyalik futbolchi va uning jamoasi 2009 yilda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Bu «Barselona»ning ushbu yildagi oltinchi kubogi edi. Lionel bu chempionatda ham quruq qolmadi. U musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deya e'tirof etildi.

2009 yil, 21 dekabr. Messining hayotida yana bir jiddiy voqea sodir etildi. U 2009 yilning eng yaxshi o'yinchisi unvonini qo'lga kiritdi. Ko'rib turganingizdek, Messining shu davrgacha bo'lgan faoliyatida eng cho'qqi nuqta shu edi. Bundan tashqari, «Oltin To'p», «Onze d’O», Evropa chempionlar ligasi 2008/09 mavsumining eng yaxshi hujumchisi va o'yinchisi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi, Ispaniyaning eng yaxshi o'yinchisi - kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi.

2010 yilning 16 yanvarida Messi «Barsa» safidagi o'zining 100 golini «Sevilya» darvozasiga kiritdi. Bu vaqtda futbolchi 22 yosh, 6 oy va 22 kunlik bo'lgandi. Aytish joizki, Kataloniya jamoasi tarixida Messidan avval bu yoshdagi hech bir futbolchi yuzta gol urolmagandi.

Lionel Messi jamoasi bilan 2009/10 mavsumida Ispaniya chempionligini ham qo'lga kiritdi. «Barselona» ushbu mavsumda 99 ochko jamg'arib, eng yaqin ta'qibchisi – «Real»ni uch ochkoga ortda qoldirdi. Messi esa ham chempionatning eng yaxshi o'yinchisi, ham musobaqa to'purarligini qo'lga kiritdi.

2010/11 mavsumi ham kataloniyaliklar uchun sovrin bilan boshlandi. 2010 yilning 21 avgustida Messi jamoasi bilan uchinchi bor Ispaniya Superkubogini qo'lga kirita oldi. Ular finalda «Sevilya»ni ikki o'yin natijasiga ko'ra taslim etdi.

Shuningdek, chempionlar ligasining ushbu mavsum guruh bosqichiga oid «Barselona»ning «Panatinaikos»ga qarshi o'yinida mezbonlar 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu bahsda Messi dubl qayd etib, «Barselona» tarkibida chempionlar ligasidagi o'zining 27 golini kiritdi va o'ziga hos yangi rekord o'rnata oldi. Bu rekord mavsum davomida Messi tomonidan bir necha marotaba yangilanib turdi.

2011 yil, 21 yanvar. Messi FIFA va «France Football» tomonidan ketma-ket ikkinchi bor «Yilning eng yaxshi futbolchisi» unvoniga loyiq ko'rildi. U bu yo'lda jamoadoshlari – Xavi va Inestani ortda qoldirgandi. Messidan avval bu sovrinni ketma-ket ikki marta Mishel Platini, Marko van Basten, Kevin Kigan va Ronaldolar qo'lga kiritishgandi.

2010/11 yillar mavsumida Messi jamoasi bilan uchta sovrin yutdi. Dastlab, Ispaniya Superkubogi, keyinchalik Ispaniya chempionligi va eng asosiysi Evropa
5. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:14
chempionlar ligasi!Messi Ispaniya chempionatining tugallangan mavsumida «Marca» nashri tomonidan «Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi» unvonini yana bir bor qo'lga kiritdi.

Terma jamoadagi o'yinlari haqida

Lionel Messi 2005 yilda Gollandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan. Messi bu musobaqada oltita gol urib, «oltin butsa»ni qo'lga kiritgandi.

2005 yilning 4 avgustida Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pakerman Messini Vengriyaga qarshi o'rtoqlik bahsiga chaqirdi. Leo ushbu uchrashuvda uch daqiqa harakat qildi va qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Leoning Argentina terma jamoasidagi birinchi rasmiy uchrashuvi shu yilning 3 sentyabrida, Jahon chempionati-2006 saralash bahsida Paragvay terma jamoasiga qarshi o'tgandi.

Uning terma jamoadagi debyut goli Xorvatiya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida kiritilgan bo'lsa, rasmiy o'yindagi debyut golini 2006 yilda Germaniya maydonlarida o'tgan Jahon chempionatida Serbiya va Chernogoriya termasi darvozasiga kiritgan (6:0).

Messining terma jamoadagi yutuqlari

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati - 2005 yil

Olimpiada o'yinlari chempioni - 2008 yil

Uning klub bilan qo'lga kiritgan natijalari («Barselona»)

Ispaniya chempioni: 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11 2012/2013 2014/2015 2015/2016

Ispaniya kubogi sohibi: 2008/09 2014/2015 2015/2016 2016/2017

Ispaniya Superkubogi sohibi: 2005, 2006, 2009, 2010

Evropa chempionlar ligasi g'olibligi: 2005/06, 2008/09, 2010/11 2014/2015

UEFA Superkubogi chempionligi: 2009 2015

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati go'libligi: 2009/2011 2014/2015
6. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:15
# 3 dan keyin
ham omadsiz o'tdi. Kataloniyaliklar ichki chempionatda uchinchi pog'onani egallashdi, Evropa chempionlar ligasi yarim finalida «MYu»ga yutqazib qo'yishdi, Ispaniya kubogidan ham mahrum bo'lishdi. Shuningdek, mavsumda Messi ko'plab jarohatlar oldi va o'zining o'yinini ko'rsata olmadi.

2008/09 yillar mavsumi boshida «Barselona» o'zining etakchi o'yinchilaridan biri - braziliyalik Ronaldinoni «Milan» jamoasiga transfer qildi. Bundan foydalangan Messi o'zining sobiq 19 raqimini Ronaldino ketgandan so'ng bo'sh qolgan 10 raqamiga almashtirib oldi. Shu davrdan so'ng, Leo mana shu raqamga loyiq tarzda o'yin ko'rsata boshladi. O'tgan mavsum Messi va uning jamoasi uchun omadsiz yakun topgandi. Shu sababli ham, kataloniyaliklar rahbariyati jamoaning bir necha yillik bosh murabbiyi Frank Raykaard bilan tuzilgan shartnomani yakunlashga qaror qilishdi. Uning o'rniga esa, «ko'k-anorranglilar» safida to'p surgan Xosep Gvardiola keldi. Shundan «Barsa»da o'zgacha kayfiyat, o'zgacha muhit, o'zgacha taktika hukm sura boshladi.

Chindan ham, Pep jamoani sezilarli darajada o'zgartirdi. Ushbu mavsumda Messi «Barselona» bilan qatnashgan barcha chempionatlarda oltin medal sohibiga aylanishdi: Ispaniya chempionati va kubogi, Evropa chempionlar ligasi, UEFA va Ispaniya superkuboklari - shular jumlasidandir! Mana shu kuboklarni yutishda Lionel Messining «Barsa»ga ham xizmatlari katta bo'ldi. Buni payqagan «France Football» o'z nominatsiyasining birinchi o'riniga Lionel Messini loyiq deb topdi.

2009/11 yillar mavsumi

Mavsum boshida «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirishga erishdi. Bu shartnoma 22 yoshli argentiniyalik hujumchi bilan 2016 yilgacha o'z kuchida bo'ladi va futbolchining narxi 250 million evrogacha ko'tarildi. Bundan oldin esa, Messining narxi 150 million mablag' summasini tashkil etayotgan bo'lib, shartnoma 2014 yilda tugashi lozim edi.

2009 yilgi mavsum ham Messi va Kataloniya jamoasi uchun qutlug' keldi. Leo Ispaniya va UEFA Superkuboklarini boshi uzra ko'tardi. Messi Ispaniya Superkubogi finalida jamoasi bilan «Atletik»ga qarshi ikkala o'yinni ham o'z foydalariga hal etdi (mehmonda 2:1, uyida 3:0 natija bilan g'alaba). Aytish joizki, Messi jamoasining uyida «Atletik»ga qarshi bahsida raqiblari darvozasiga dubl qayd etib, klubinining chempionligiga o'z xissasini qo'shdi. Shuningdek, UEFA Superkubogi finalida «Shaxtyor»ga qarshi bahsda maydonga tushib (1:0), bitta golga hammualliflik qilishga ulgurdi.

2009, yil 1 dekabr. «France Football» nashri tomonidan har yili o'tkaziladigan «Oltin To'p» nominatsiyasiga tanlov e'lon qilingandi. Unda Lionel Messi tanlovdagi raqibi - Krishtianu Ronalduni 240 ochkoga ortda qoldirib, «Oltin To'p» sohibiga aylandi. Umumiy hisobda, Messi 473 ochko jamg'ara olgandi. Jahonning eng ko'zga ko'ringan jurnalistlarida ham argentiniyalik futbolchini «eng yaxshi» deya e'tirof etishdi. Qahramonimiz o'zining bu yutug'i haqida shunday degandi:

«To'g'risini aytganda, men favoritlardan biri bo'lishimga ishonchim komil
7. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 2| 5 Jul 2017, 15:17
Barchasini bir postga yozay desam sig'madi 5000 dan ziyod belgi sig'mas ekan
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1508
Mavzuga oid xabarlar soni: 15 ta
So'ngi faollik vaqti: 10 Jul 2017, 20:52
Mavzuni ko'rishgan: 2 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 110 (0/110)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru