Mavzu: Futbolga oid maqolalar
So'rov natijasi
Mavzu sizga yoqdimi?
Ha,yoqdi. (1)
Ajoyib. (0)
Chidasa boladi. (0)
Yo\'q,yoqmadi. (0)
Buyam mavzumi. (0)
8. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:19
Real madrid haqida
Real Madrid Club de Fútbol (Real Madrid qirollik klubi), koʻpincha ishlatiladigan nomi — Real Madrid Ispaniyaning professional futbol klubi. (Uzfans.ru) Ushbu klub 32 marta La Liga chempionligiga, 19 marta "Copa del Rey" kubogiga, 9 ta Ispaniyaning superkubogiga, 10 ta UEFA Chempionlar Ligasi chempionligiga, 2 ta UEFA kubogiga, 1 ta UEFA superkubogiga va 3 ta Qitʼalararo kubokka ega boʻlib, Ispaniyaning eng muvaffaqiyatli klubi hamda FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi klubi deya topilgan. Real dunyodagi eng katta byudjetli futboli klublaridan biri hisoblanadi. Real Madrid — Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Atletik Bilbao) biridir.(uzfans.ru)Real Madrid va Barselona ishtirokida klublar oʻrtasida dunyoning eng yaxshi oʻyinlaridan biri boʻlgan „El Clasico“ boʻlib oʻtadi.

Toʻliq nomiReal Madrid Club de Fútbol
LaqabiLos Blancos (Oqlar)
Los Merengues (Qaymoqranglilar)
Los Vikingos (Vikinglar)
Asos solingan1902-yil 6-mart
StadionEstadio Santiago Bernabéu
Maydon hajmi85,454
Prezidenti Florentino Pérez
MurabbiyiZinedine Zidan[1]
Sardori Serxio Ramos
Reytingi UEFA reytingida 1-o'rin
IFFHS reytingida 1-o'rin
Homiysi Emirates Airline
Saytirealmadrid.com
Musobaqasi La Liga
60563.jpg

Yuklangan: 566 marta (902.14KB)
9. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:21
Энг адолатли хакам
Футбол тарихида Англиялик Мелвин Силвестр - энг адолатли хакам номини кулга киритган. Уйин пайтида жамоа хужумчиларидан бири Ричард Керд хакамни бир неча марта турткилади. Сунгги марта очикчасига хакамни турткилагандан сунг, уз хиссиётини жиловлай олмаган хакам, унга 3 маротаба боксча зарба билан уни майдонга кулатди. Шундан сунг, хакам узига кизил карточка курсатиб, майдонни тарк этди.
10. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:22
HAMMAGA BITTADAN KARTOCHKA
Bunaqasi judayam kam uchraydigan holat Ispaniya ikkinchi divizioni vakillari "San Isidro" va "Olimpiko Karrante" jamoalari o'rtasida bo'lgan uchrashuvda yuz bergandi. O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida ikki jamoa o'yinchilari ham hakam qabul qilgan qarordan norozi holda uchrashuv bosh hakamini o'rab olishdi va uni qaroridan qaytarmoqchi bo'lishdi. Bu holatda esa bosh hakam hech ikkilanmasdan asabiylashmasdan cho'ntagidan qizil kartochka chiqardi va maydon ichidagi barcha 22 futbolchiga ko'rsatdi.
11. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:24
HAKAMNING FUTBOLCHIGA "YORDAMI"
Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o'zida yo'q xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va kutilmaganda...gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan hakamga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam haqqoniy ravishda o'yinchini maydondan chetlatdi.Futbolchi bunga zarracha ham achingani yo'q,Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish qobiliyatiga ega bo'lganligidan shod edi.
12. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:25
Futbolga oid kulgili va ko’ngilochar 20 fakt!
1. 1960 yillargacha futbolda futbolchi almashitirish qoidasi mavjud bo’lmgan. Mabodo darvozabon jarohat olgan taqdirda uning o’rnini boshq darvozabon egallashi mumkin bo’lmgan.

2. 1994 yilgi Jahon Kubogida Bolgariya terma jamoa futbolchilari o’z familiyalari tufayli noyob fakt qurboni bo’lishdi. Qizig’i shundaki, termaning barcha o’yinchilari familiyasi bir xil – “Ov” bilan tugaydi.



3. Futbol tarixidagi eng yosh futbol sharhlovchisi braziliyalik Gabriel Fereyradir. U 10 yoshga to’lishi bilanoq Braziliyadagi radiostansiyasida ishlay boshlagan.

4. Sobiq Braziliya hujumchisi Ronaldo o’g’li uni televizorda boshqa kal futbolchilar orasidan ajratib ola olishi uchun sochini farqli ravishda kulgili tarzda turmaklagan.



5. Braziliya – tarixdagi barcha Jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Boshqa hech qanday terma jamoa bunday natijaga ega emas.



6. Angliya Primer Ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik 1994/1995 yilgi mavsumda “Liverpul” afsonasi Robbi Faulerga tomonidan qayd etilgan. Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasini ishg’ol qilish uchun forvardga atigi 4 daqiqa hamda 32 soniya kifoya qilgan. Butun futbol tarixidagi eng tezkor xet-trikni esa 1973 yilda argentinalik Maloni o’z nomiga rasmiylashtirgan. “Himnasiya va Esgrima”ga qarshi bahsda u 1daqiqa-yu 50 soniya ichida 3 gol urib, yangi rekord o’rnatgan.



7. Tuman – bu Angliya chempionatiga uyushtirilgan hujum, deb ham atash mumkin. Tuman to’liqligicha maydon ustidan hukmronlik qilgan va voqealar rivoji o’z izidan chiqib ketgan. 3:3 hisobida yakuniga yetgan tuman ostidagi jangdan keyin hujumchi Jorj Oj maydondagi holatga izoh berdi. “Men aniq aminmanki, bugun 5 marotaba gol urdim, lekin qaysi darvozaga ekani menga qorong’udir”. Boz ustiga, uchrashuv yakuniga yetgandan so’ng, bosh hakam maydonda 36 futbolchi harakat qilganiga aniqlik kiritib oldi.

8. 2005 yil Angliya kubogi finalida shovqin balandligi bo’yicha rekord o’rnatildi. Mersisaydliklar himoyachisi Yon Arne Risening “Chelsi”ga urgan golidan so’ng “Liverpul” muxlislari 150,7 detsibel darajasidagi hayqiriq qayd etishdi. Bu natija “Ginneslar rekordi” kitobiga ham kiritilgan.



9. Ilk futbol qoidalari 1863 yilning 8 dekabrida Angliyada qabul qilingan. Ushbu sana futbol olami tarixini boshlanish kuni deb ham ataladi.

10. “PSJ” mergani Zlatan Ibragimovich yoshligida velosiped o’g’riligi bilan shug’ullangan.



11. Futbol tarixidagi eng tezkor gol 1995 yildagi “Adelaida Siti” va “Sidney Yunayted” jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan. Bahs boshlanganidan 3,67 soniya o’tmasdan “Adelaida” futbolchisi Mori hisobni ochishga erishgan.



12. Futbol tarixida nafaqat hakam kartochkasini olib qo’yish, balki uni yeb qo’yish holati ham uchragan ekan. Misol uchun 1983 yilda o’tkazilgan uchrashuvda Mayk Degli hakam daftarchasidagi qoida buzilishlar va kartochkalar qayd etib qo’yiladigan bir varaqni g’ajib tashlagan. 1989 yildagi esa, “Pyanta”futbolchisi D’ekorke hakam ko’rsatgan qizil kartochkani yeb qo’ygan.



13. Vatikan chempionatida g’aroyibona nomlangan klublar bor. “Telepochta”, “Gvardiyachi”, “Bank”, “Kutubxona”, “Muzeylar terma jamoasi” kabi jamoalarning mavjudligi bularning yaqqol isbotidir.

14. Germaniyalik futbolchi Mehmet Sholl – 8 marotaba Germaniya chempionligi sohibi. Boshqa hech kim faoliyati davomida shuncha marotaaba mamlakat chempionligini qo’lga kirita olmagan.



15. Ma’lum bo’lishicha, 11 metrlik jarima zarbasi chehiyalik Jon Penalti sharafiga bag’ishlab qo’yilgan. U 1891 yilda jarim maydoni ichidagi qo’pol o’yinga va hamda qo’l bilan o’yinga penalti zarbasini kiritish taklifini ilgari surgan.

16. Vatikan terma jamoasi o’z tarixida bor-yo’g’i 1 marotaba uchrashuv o’tkazgan. Monakoga qarshi otgan bahs nursiz 0:0 hisobida yakuniga yetgan.



17. “Liverpul” posboni Simon Minyole 5 ta tilda bemalol so’zlasha oladi. Uni usitga u siyosatda maxsus darajaga ega.



18. Gari Nevill va Fil Nevilllar otalarining ismi Nevill Nevilldir.

19. Darvozabon Antonio Subisaretta o’tkazilgan o’yinlar ichida mutlaq rekord ustasi hisoblanadi. U Ispaniya termasi safida o’tkazilgan uchrashuvda ham, klubdagi o’yinlarda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega.



20 . Angliya terma jamoasining dong’i chiqqan o’yingohi “Uembli” faqat futbol o’yinlari uchundir. Mashg’ulotlar o’tkazish esa ta’qiqlangan.
13. NyKyC (M) (105) [off] | TXT | 1| 5 Jul 2017, 15:25
55 та гол !!!
1986 йилда "Аделант-Рибенк" ва "Кальвес" жамоалари иштирокидаги
Аргентина кубоги учун утказилган учрашувда 11 метрлик жарима тупларининг узига хос рекорди урнатилган.
Уйиннинг асосий вакти 1-1 билан тугаган. Кизиги иккала гол хам пенальтидан киритилган.
Уйиндан кейинги пеналтилар серияси "Аделант Рибенк" нинг галабаси билан нихоясига етган. Хисоб 28-27.
14. Young_MasTeR (389) [off] | TXT | 1| 10 Jul 2017, 13:19
NyKyC (5 Jul 2017, 15:21):
Энг адолатли хакам
Футбол тарихида Англиялик Мелвин Силвестр - энг адолатли хакам номини кулга киритган. Уйин пайтида жамоа хужумчиларидан бир• • •
NyKyC, videosi yoqmikan?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1508
Mavzuga oid xabarlar soni: 15 ta
So'ngi faollik vaqti: 10 Jul 2017, 20:52
Mavzuni ko'rishgan: 2 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 214 (0/214)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru