Bloglar | MySQL(i), PDO bo'yicha | Denwer da MySQL ma`lumotlar bazasi bilan ishlash.
Demak, biz avval qilishimiz kerak bo`lgan vazifalarni aniqlashtirb olaylik: 1) Yangi ma`lumotlar bazasi (BAZA DANNIX yoki dаtа Base) va foydalanuvchi yaratish yartish; 2) Ma`lumotlar bazasiga .sql faylni quyish (import qilish); Oldindan aytaman, hech qanday qiyinchilik joyi yo`q! Bir-ikki matra mashq qilsangiz o`rganib olasiz. 1) Yangi ma`lumotlar bazasi (BAZA DANNIX yoki dаtа Base) va foydalanuvchi yaratish yartish; Denwerni ishga tushiramiz. Operaga (yoki kompyuteringizda qaysi brauzer bo`lsa o`shanga) kiramiz va manzil yoziladigan joyga

http://localhost
deb yozib Enterni bosamiz, URA, ZARABOTALO!... degan yozuvli sahifa ochiladi. Pastroqqa tushib ZAVIDENIE NOVIX DB I POLZIVATELI MySQL ga kiramiz. Bu yerda yangi Ma`lumotlr Bazasi va foydalanuvchi yaratiladi. PAROL ADMINSTRATORA MySQL: degan maydonga hech nima yozmaymiz. IMIYA BAZA DANNIX: ga ma`lumotlar bazasi nomini yozamiz, bu xohlagan nom bo`lishi mumkin, masalan agar chat o`rnatayotgan bo`lsangiz shunchaki db_chat deb yozsangiz ham bo`ladi, bu ahamiyatga ega emas. LOGIN POLZIVATELA: ga foydalanuvchi uchun nom yozamiz, masalan eshmat12345 bu ham unchalik ahamiyatga ega emas. PAROL: bu yerga albatta parol yoziladi, maslahatim qiyinroq parol qo`yishga o`rganing, bizning holatimizda, ya`ni local serverda parolning ham ahamiyati yo`q, chunki bizdan boshqa hech kim bu ma`lumotlar bazasiga bog`lana olmaydi.
Ammo internetda bunga e`tiborni qaratish kerak. Demak parolga ham 12345 deb yozamiz. ...YESHSHO RAZ: ga yuqoridagi parolni takroran yozamiz va SOZDAT BD I POLZIVATELA degan tugmani bosamiz. Yuqorida BAZA DANNIX I NOVIY POLZIVATEL ZAVEDENIE. degan yozuv chiqadi. Ma`lumotlar bazasi va foydalanuvchi yaratildi! Tabriklayman. =) 1-vazifa bajarildi. 2) Ma`lumotlar bazasiga .sql faylni quyish (import qilish); Agar Siz DCMS, JohnCMS yoki phpBBwap Forumi (va b.)ni local serverda o`rnatmoqchi bo`lsangiz bu vazifani bajarishingiz kerak emas. Chunki ushbu skriptlarda avtomatik o`rnatilish funksiyalari bor (install papkasi yoki install.php). -Skript avtomatik o`rnatiladiganmi yoki "qo`lda" o`rnatiladiganmi, qayerdan bilish mukin? -Skript avtomatik o`rnatiladiganmi yoki "qo`lda" o`rnatiladiganmi, qayerdan bilish mukin? -Har qanday skriptni o`rnatayotganda avvalo readme.txt faylini o`qib ko`ring. Demak, bizning vaziyatda skriptimizda avtomatik o`rnatilish funksiya yo`q. Unda ishni boshlaymiz. Operaga kirib

http://localhost
ni terib kiramiz. Sahifaning pastrog`ida

http://localhost/
Tools/phpMyAdmin degan ssilka bor yonida PROVERKA MYSQL I phpMyAdmin degan yozuv bor, shu ssilkaga kiramiz. Chap tomondan yuqorida yaratgan db_chat deb nomlangan ma`lumotlar bazasini topamiz va bosamiz. Keyin chap tomonda No tables found in dаtаbase. degan yozuv chiqadi, bu "Ushbu ma`lumotlar bazasida hali birorta ham tablitsa (jadval) yo`q" degani. Endi, MOY KAMPYUTER-> LOKALNIY DISK (Z)-> home-> chat-> www papkasiga kirib .sql faylni topamiz (u tables.sql yoki db.sql yoki qozon-tovoq.sql bo`lishi mumkin, uning nomini readme.txt dan topamiz) va nomini eslab qolamiz. Keyin operamizga qaytib kiramiz va yuqoridagi Import tugmasini bosamiz. OBZOR degan tugmani bosib o`sha qozon-tovoq.sql ni topamiz va OTKIRIT ni bosib Go tugmasini bosamiz.
Agar hammasi yaxshi bo`lsa yashil ramka ichida Import has been successfully finished, queries executed. degan yozuv chiqadi. Tabriklayman! Siz tablitsalarni ma`lumotlar bazasiga quydingiz. Endi skriptimizning ma`lumotlar bazasiga ulanadigan fayliga ma`lumotlar bazasi nomi, foydalanuvchi nomi va parolini yozamiz, tamom. Skriptimiz ishlayapti. Aytgancha, ma`lumotlar bazasi sozlamalari qaysi faylda bo`lishi readme.txt da yozilgan bo`ladi, u ko`pincha config.php yoki ini.php da bo`ladi. Serverga localhost yozamiz, ma`lumotlar bazasi (u db_name, db deb ham yozilgan bo`ladi): db_chat deb yozamiz,
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Aug 2018, 16:17
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 16 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 4 (0/4)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru