Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ishlatilgan iPhone 2DAVOMI..
— Agar ekranga himoya plyonkasi tortilgan bo‘lsa, uni oling. Boisi, ekranda biror tirnalish, dog‘ bo‘lsa, bu plyonka uni bekitib turgan bo‘lishi mumkin;
— Korpus yonidagi ovozni boshqarish, tovushni past-baland qilish, blokirovka qilish tugmalarining ishlashini tekshirib ko‘ring. Ular oson bosilishi va buyruqni tezkor bajarishi lozim;
— «Home» tugmasi yumshoq va uncha kuchli bo‘lmagan zarb bilan ishlashi kerak;
— Agar imkon bo‘lsa, xarid oldidan o‘zingiz bilan noutbukingizni oling. Unda ITunes dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, uni sotib olmoqchi bo‘lgan iPhone telefonini o‘zaro ulang. Ulanish jarayoni oson va muammosiz amalga oshishi zarur;
— Qurilmaning ovoz uzatish tizimini tekshirib, ayfonning rington musiqalarini maksimal balandlikda eshitib ko‘ring. Tovush toza, baland va xirrilashlarsiz bo‘lishi kerak;
— Biror bir ayfon tutadigan tanishingizga xarid qilmoqchi bo‘lgan qurilmadan qo‘ng‘iroq qiling. Suhbat ovozi baland va shovqindan xoli bo‘lishi maqsadga muvofiq;
— Shu bilan birga, ma’lumotlarni saqlash va quvvatlash portlari yaxshi ishlashi, kabel ulanganda portda mustahkam o‘rnashishi kerak;
— Agar yoritish imkoni bo‘lsa, telefonning audio quloqchin o‘rnatiladigan portini yoritib, unga razm soling. Agar, qachondir qurilma suvga tushib ketgandan so‘ng quritilib, tuzatilgan bo‘lsa, bu yerdagi metall ocharib qolgan bo‘ladi;
— Ayfon qurilmasidagi kompas ilovasini ochib, uning to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ring;
— Akselerometr faoliyatini tekshirib ko‘ring. Buning uchun ekrandagi surat apparat holati o‘zgartirilishi bilan mos yo‘nalishga ag‘darilishi zarur;
— WiFi va Bluetooth modullari to‘g‘ri ishlashiga diqqat qiling. Ular boshqa tarmoq va qurilmani qiynalmasdan topishi kerak. Shuningdek, qurilma yoqilishi zahoti aloqa tarmog‘ini tezda topishi kerak. Wi-Fi’ni ham mazkur tarmoq mavjud joyda sinovdan o‘tkazishni maslahat beramiz.
— Ekran pikseli, tasvirning aniq-tiniqligiga diqqat qiling;
— Biror qayd yozib, ekrandagi knopka va klavishlarning ishlashini tekshiring. Ba’zida ma’lum tugmachalarning ishlamasligi kuzatiladi;
— Ekrandagi biror faylni barmog‘ingiz bilan bosib turib, uni ekran bo‘ylab harakatlantiring. Bu orqali ekran sensorining ta’sirchanlik sifatini aniqlash mumkin. Agar siz belgilab olgan fayl biror joyda tushib qolmasa, demak tach-skrin sifatli;
— Korpusga diqqat qilib, tirnalish, qirilish, rangi o‘chish, sinish, darz ketish belgilari yo‘qligiga amin bo‘ling.
— Shuningdek, ekranga diqqat qiling va atroflaridan klavishosti chiroqlarining taralmayotganiga e’tibor bering;
— Fotokamera va video tasvirga olish, kameraning fokuslash tizimini ko‘rikdan o‘tkazing;
— Batareyani tekshiruvdan o‘tkazish uchun aloqa ovozini dinamikdan chiqarib qo‘yib suhbat quring. Agar ayfon apparatidagi akkumulyator «o‘lgan» bo‘lsa, uning quvvati shu zahotiyoq kamayib boradi;
— Suhbat chog‘ida ekranni o‘chirish datchigini tekshirib ko‘ring. Buning uchun suhbat chog‘ida old kameraning chap tomonidagi datchikka barmog‘ingizni bosing. Ana shunda ekran chirog‘i o‘chishi kerak.
Shu bilan birga, unutmang – ijtimoiy tarmoqlar orqali ham sizga xorijliklar arzon ayfon taklif etayotgan bo‘lsa, ularni xarid qilishga shoshilmang. Ayni kunda xalqaro miqyosda bu turdagi tovlamachiliklar avj olgan.
Doimo bozoringizni bersin!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 2 Aug 2018, 13:40
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 13 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 218 (0/218)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru