Bloglar | Psixologiya | Ayollarning erkaklarga aytmaydigan 8 siri...
Ayollarning erkaklarga aytmaydigan 8 ta siri. Ular sizning munosabatingiz yanadayaxshilanishiga xizmat qiladi degan umiddamiz. 1. Ayollar erkaklardan qaror qabul qilishda faollikni kutishadi; 2. Ayollar tez-tez qilinadigan kutilmagan sovg‘alarni xush ko‘rishadi; 3. Ular o‘zlarining erlari yoki sevganlariga boshqa bir ayol ko‘proq yoqishidan qo‘rqishadi; 4. Ular erlarining samimiy bo‘lishlarini, aldanib qolmaslikni istashadi; 5. Ayollarda oltinchi tuyg‘u mavjud bo‘lib, ular boshqa insonlardagi mayda harakatlargacha e’tibor berishadi. Bunda erlarining hatti- harakatlarini, garchi ular so‘z bilan ifoda etilmagan bo‘lsa-da, tushuna olishadi; 6. Ayollar erlarining do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishi — futbol ko‘rishi, o‘ynashi, yokibiror joyda “ulfatlashishi”ga qarshi emas. Garchi ko‘pchilik erkaklar bunday deb o‘ylamasa-da, bu haqiqat. Faqat ayollar erlari juda ko‘p vaqtini do‘stlari bilan o‘tkazib, ularga e’tibor bermasliklarini xohlashmaydi. 7. Ayollar erlarining tanishlari, do‘stlari, qarindoshlari ham ularni xurmat qilishiniistashadi; 8. Ular erlari rostgo‘y bo‘lishinixohlashadi. Masalan, kiygan ko‘ylaklari ularni semiz qilib ko‘rsatsa, ularga “juda chiroylisan” deyish noto‘g‘ri. Yuqoridagi fikrlar bir kishi tomonidan yozilgan bo‘lib, ular barcha ayollar uchun mos kelishi albatta, noto‘g‘ri. Shu bois, ayollar, sizlar bu fikrlardan qaysilarini inkor etishingiz va yana nimalarni qo‘shimcha qilishingizni fikr bildirish orqali ma‘lum qilishingiz mumkin.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 5 Jan 2019, 12:30
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 15 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 195 (0/195)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru