O'zgaruvchi bu web dasturda qandaydir ma'lumotni o'zida saqlaydigan va dastur ishlashi davomida o'zgarib turadigan jism desa ham bo'ladi. Phpda o'zgaruvchilar hammaga tanish bo'lgan $ belgisi bilan yoziladi. Php ni boshqa dt ladan qulay tarafi bu o'zgaruvchilarni e'lon qilmasdan yaratish imkonin berishidadir. Ya'ni siz dastur tzish davomida hohlaganingizcha o'zgaruvchi yaratishingiz mumkin. Misol uchun:
Shu misolimizda ekranga Hayr Dunyo so'zi chiqadi. Ya'ni biz $a ga birinchi 'Salom' ni keyin esa 'Hayr' ni biriktirdik. Yana bir muhim narsa yoddan chiqmasin. PHP interpretatori kodni tepadan pastka (huddi odamdek) o'qiydi va kompilyatsiya qiladi. Shuning uchun $a ni oxirgi o'zgargan qiymati ekrancha chiqmoqda. Qoidalar O'zgaruvchilarni yaratishda ma`lum bir narsalarga e'tibor berishingiz shart: - O'zgaruvchi nomlari registrga bog'liq. Ya'ni $a va $A bir xil emas. Ular aloxida o'zgaruvchilar; - O'zgaruvchi nomlarida +-/ va shu kabi simvollar ishlatish mumkin emas. Faqatgina "_" belgisi. Misol: $my_page; - O'zgaruvchi nomlarida sonlar ishtirok etsa ham bo'ladi faqat birinchi simvol harf bo'lishi kerak. Misol: $a1, $a23. "$1a mumkin emas!"; - O'zgaruvchilar har qanday ma`lumotni o'zlarida saqlashlari mumkin. Misol: $a = '1'; $a = 'Matn'; [b] Matnlarni biriktirish Oldingi misollarda e'tibor bergan bo'lsangiz biz echo ni 2 martta ishlatdik. Lekin bu vaziyatda 1 donasi ham bemalol yetardi. Hozir biz matnlarni biriktirishni o'rganamiz. Matnlarni biriktirishda [b]"." (nuqta) belgisidan foydalanamiz. Biriktirish quyidagi usulda ketadi (qo'shtirnoqlarga e'tibor bering): 'Matn1'.'Matn2';. Oldingi mavzuda aytganimdek matnlar qoshtirnoq ichida yozilishi shart!. Bu yerda biz oldin birinchi matnni alohida yozdik keyin . orqali 2 matnni unga biriktirdik. Misol:
Ikkalasi ham bir xil natijani ekranga chiqaradi. Lekin bu ish ya'ni biriktirish asosan ko'pgina o'zgaruvchilarda matnlar saqlansa va uni ekranga chiqarish kerak bo'lganda ishlatiladi. Shu bilan birga kodni ham chiroyli ham qisqa qilis uchun. Misol: