Bloglar | Telefon turlari | SOXTA GALAXYNI ANIQLASH
Qanday qilib soxta samsung galaxy telefonini originalidan ajratish mumkin ? Samsung Galaxy mobil telefonlari hozirda bozordagi eng ommabop telefonlardan hisoblanishi hamma ma'lum bo`lsa kerak. Samsung Galaxy'ga bozordagi talabning ko`pligiga guvoh bo`lgan xitoylik, uncha mashxur bo`lmagan, telefon ishlab chiqaruvchilari Samsung mashxurligi yordamida pul ishlab olishga harakat qilishadi. Natijada ko`plab,ko`rinishi, karobkasi va barcha qismlari Samsung Galaxy dan farq qilmaydigan telefonlar dunyoga keladi. Apple iPhone telefonlarining iOS operatsion tizimlaridan farqli o`laroq Samsung telefonlari ochiq kodli Google ning Android operatsion tizimida ishlashi, ko`chirmachilarning ishini osonlashtiradi va sotib oluvchilarni soxta telefonni ajratishini qiyinlashtiradi.Deyarli barcha soxta telefonlar juda kam pul sarflangan holda yaratilganki, ayrim hollarda telefon ko`rinishi unga sarflangan mablag` haqida xabar berib turadi. Original Samsung telefonlari bilan solishtirilganida soxta telefonlarning ko`rinishidagi ayrim yaqqol bilinib qoladi.Agarda siz original Samsung Galaxy ko`rinishi haqida bilimingiz yo`q bo`lsa, internetdan rasmlarini olishingiz yoki do`stingizdan so`rab turishingiz ham mumkin. Ikki aparatni yonmayon qo`ygan holda soxta ajralib qoladi (ikkinchisi aniq original bo`lganida albatta). 1. Skrin sifatsiz oynadan qilinganligi; 2. Display atrofida kichik qora chiziq borligi; 3. Skrin original telefondek yorqin emasligi 4. Sensor ayrim joylarda ishlamasligi; 5. Knopka joylashgan joyi originaldan biroz farqlanadi; 6. Samsung belgisi originaldagidek silliq emas, barmoq bilan tekkis emasligini sezish mumkin.Undan tashqari telefon o`lchamlari original telefondan biroz farq qilishi mumkin. Ya'ni bo`yi, eni va qalinligi. Undan tashqari telefonlarni o`chirib yoqing. Soxta telefon originaldan ko`ra sekinroq o`chib yonadi.Samsung kodlari orqali telefonning soxta yoki unday emasligini aniqlang. Undan tashqari soxta telefonlarda ayrim yashirin applar o`rnatilgan bo`ladi. Bunday app lar telefon operatsion tizimi va hotira haqida oldindan belgilangan ma'lumotlarniko`rsatib turadi. Shu sababli telefon orqali ko`rgan ma'lumotlaringiz rost ekanligiga ishonishga shoshilmang. Telefonning arzon narxriga qiziqmang, chunki sifatli maxsulot hech qachon arzon bo`lmaydi.SW versiyasi, PDA, CSC va Modem ­ *#1234# SW va HW info ­ *#12580*369# Samsung Test mode ­ *#0*# Service mode ­ *#197328640# Bluetooth test ­ *#232331# Shu sababli telefon orqali ko`rgan ma'lumotlaringiz rost ekanligiga ishonishga shoshilmang. Telefonning arzon narxriga qiziqmang, chunki sifatli,maxsulot hech qachon arzon bo`lmaydi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 4 Feb 2019, 23:18
Muallif: @A_N_T_I_C_L_O_N (17)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 228 (0/228)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru