Bloglar | Aforizmlar | O'z o'zini anglash
Eng qiyini o`zingni anglay bilishingdir.
FALES
Kishi o`zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O`z burchingni ado et, o`sha zahoti o`zingni anglaysan.
I. GYOTE
Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o`z-o`zini anglaydi. Qilinishi lozim bo`lgan ishga kuch-g`ayrat sarflagandagina u o`zining kimligini biladi.
I. GYOTE
Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o`zingning kimligingni bilib olasan.
L. N. TOLSTOY
Kishi o`z qobiliyatlarini amalda tatbiq etgan taqdirdagina bilishi mumkin.
SENEKA
Insonning haqiqiy fazilati kerak bo`lgan chog`ida, uni ish bilan ko`rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo`ladi.
L. FEYERBAX
Qalbimizning go`zal intilishlariga, agar ular faqat intilish bo`lib qolaverar ekan, biz hech qachon amaliy ahamiyat bermaymiz; ha, biz faqat faktlarni qadrlaymiz va faqat qilgan ishiga qarab odamlarning fazilatini belgilaymiz.
N. A. DOBROLYUBOV
Ko`zga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib o`tirmaydi.
O.BALZAK
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Feb 2019, 08:58
Muallif: @As_Master (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 209 (0/209)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru