Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Shohruh Xon Hayotidan
Shohruh Xon 1965-yil 2-noyabrda advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Xon Peshovaralik boʻlib Nyu Dehliga koʻchib borgan edi. Shohrux Xon oʻrta maktabni tamomlab Dehli 1988-yili Dehlidagi Dehli universitetini iqtisodiyot yoʻnalishinida magistraturani tamomlanadi. Ammo qiziqishi tufayli aktorlik kasbini tanladi . Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Bombayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktabr kuni, Shohrux xon Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor.
U 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Crazy Love“ oʻzb. Telba muhabbat filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993 yilda u ikki salbiy rollari uchun — „Qoʻrquv ostida yashash“ va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi. 1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.
Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“oʻzb. O'g'irlanmagan kelin filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil edti. Keyinchalik eng yaxshi aktor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Xon“ filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23 martda qoʻlga kiritgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 26 March 2019, 20:43
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 216 (0/216)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru