Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Barmoqdagi nuqtalar og'riqni kamaytiradi!
Sharq tabobatida qo`l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida organizmdagi almashinuv jarayonlarini tiklash, qon aylanishini yaxshilash, og`riqni engillashtirish mumkin deyiladi. Uqalash mashqi muntazam bajarilganida esa teri holati yaxshilanib, salomatlik tiklanib boraverar ekan. Yaponiyaliklar mazkur usulni uzoq umr ko`rish sirlaridan biri deb ataydilar. Xo`sh, barmoqlarni uqalash mashg`ulotini sinab ko`rasizmi? Bosh barmoq: Yurak va nafas yo`llari salomatligi uchun mas`ul bo`lgan bosh barmoq yostiqchasini soat aylanasi bo`yicha uqalaysiz. Bu ishni har kunlik odat tusiga aylantirsangiz, yurak bezovtaliklari kayadi. Ko`rsatkich barmoq: Hazm faoliyatining buzilishi, qabziyat, qorin dam bo`lishi, ichaklarda siqilish (spazm) kuzatilganida aynan shu barmoq yostiqchasini uqalash lozim. Darvoqe, ko`rsatkich barmoqni uqalash yordamida ichaklar faoliyatini ham tartibga keltirsa bo`ladi; O`rta barmoq: Ko`ngil aynishi, bosh og`riqlari va uyqusizlikda o`rta barmoqni asta uqalang, tezda engil tortatsiz; Nomsiz barmoq: Tushkunlik, asabiylik va alamzadalik ta`qib qilayaptimi? Nomsiz barmoqni uqalang-da, o`zingizni ko`lga oling. Ushbu barmoqni uqalash tanani bo`shashtiradi; Jimjiloq: Ob – havoga ta`sirchanlik sabab kelib chiqadigan bosh og`riqlari, tish og`rishi va jigar kasalliklarida aynan jimjiloq barmoqni uqalash aytiladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 27 March 2019, 21:42
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru