Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Uyqusizlikdan qutulishning 5 usuli
Uyqusizlik — bu uyquning buzilishi, yomon uxlash va ertalablari holsizlanib turish alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan kasalmandlik holati. Alohida hollarda odam aqldan ozishi yoki o‘lishi mumkin. Oddiy odam 9 soatga yaqin uxlashi kerak, lekin kam uxlashga imkon beruvchi o‘ziga xos asab tizimiga ega bo‘lgan odamlar ham bor. Shunday qilib, uyqusizlik holatida qanday yordam berish mumkin? Birinchi maslahat — sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy harakat sizga yoqimli charchoqlik bag‘ishlaydi va siz maza qilib uxlaysiz. Lekin shunga qaramasdan, jismoniy mashqlarni bevosita uxlash oldidan bajarmaslik muhimdir. Ikkinchi usul bizga Kavkazdan kelgan. U yerda odamlar uxlashdan oldin bir-ikki piyola echki suti ichishadi. Sut — bu ajoyib tabiiy uxlatuvchi. Siz ham sinab ko‘ring. Uxlashga yotishdan oldin xushbo‘y yog‘ yoki hidli o‘tlar bilan iliq vanna qabul qiling. Bu tanangizni va asabingizni tinchlantiradi. Xushbo‘y o‘tlardan qilingan yostiq sotib oling yoki o‘zingiz yasang. Yalpiz, qarag‘ay, atirgul gulbargi, valeriana, do‘lana hidlari sizning tungi uyqungizga hamrohlik qiladi. O‘tlarning hidi tez ketib qolmasligi uchun yostiqni alohida xaltada saqlang. Kechqurun uxlashdan oldin qahva va achchiq choy ichmang, yangiliklar va qo‘rqinchli kinolar ko‘rmang. Bu asab tizimini qo‘zg‘atib yuboradi va siz bir necha soat shirin uyqudan mahrum bo‘lasiz. Bu oddiy qoidalarga rioya qilish sizga uyqusizlikni davolashda, kun davomida tetik va harakatchan bo‘lib yurishda yordam beradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Apr 2019, 17:07
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 323 (0/323)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru