Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Rayxon haqida
Rayhon G`aniyeva haqida ma'lumotlar! Ushbu go'zal xonandamiz 1978-yil 16-sentabrda tavallud topgan. Oilasi: qahramonimiz san'atkorlar oilasida dunyoga kekgan desak adashmaymiz Onasi mashxur Tamara Shokirova (aktrisa)uni ilk bor san'at olamiga olib kirgan. Afsuski xozir oramizda yo'q, ammo farishta misoli pok ruxlari hamisha RAYHON ning qalbida yashaydi. Otasi Otabek G`aniyev (aktyor bo`lgan), Singlisi Nasiba dizayner bo`lmoqchi Shuningdek, Eng yaqin dugonalari "Vodiy sadosi" radiosi boshlovchisi Shirin G`ofurova va xonanda M.Rizayeva. Rayhon faoliyati bo`yicha direktor Azizxon Yo`ldoshxonov. Ovoz yozish studiyasi "Panterra" Uning mutaxassisligi "psixolog". Yoqtirgan taomlari o`zbek va xitoy taomlari, ayniqsa shirin "sous" jon-u dili hisoblanadi. Bolaligida husnixati xunuk bo`lgan. Yoqtirgan fasli qish. Sochlari: tabiiy jingalak bo`lganligi uchun silliqlatish maqsadida go`zallik saloniga boradi. Sochlarining uzun va chiroyli ko`rinishga ega bo`lishi uchun muntazam vitaminlar ichadi. Yana bir qiziq ma'lumot xonandaning beli 55 sm ekan ) Sevadi: Allohni, haqiqatni, yaxshilikni, go`zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi qo`shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa, basseynda cho`milishni, quyoshni, dengiz sohilida o`tirishni, oilasini, do`stlarini, bezakli taqinchoqlarni Yomon ko`radi: barcha hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari sarobga aylanishini, qo`pollikni, yolg`onni. Boshqalardan ajralib turadigan jihatlari: shahlo ko`zlari, sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi odami o'ziga jalb etadi, o`zgaruvchan, muomalaga kirishuvchan, quvnoq, hazilkash. Yoqtirgan qo`shiqchilari: Maykl Jekson, Beyons Noulz, Jennefer Lopez. Milliy san`atkorlardan: Munojot Yo`lchiyeva, Sherali Jo`rayev. Ijodi: xozirgacha "Sensiz", "Baxtli bo`laman", "Faqat muhabbat", "Yodingdami", "Sog`indim" albomlari muxlislar e'tiboriga havola etilgan. Muxlislari orasida mashxur bo'lgan qo'shiqlari "Sevgilim", "Yodingdami", "Asirimsan", "Senga emas", "Ber panoh", "Hech ayrilma", "Seni deb", "Ketaman", "Yolg`izim", "Sen bo`lmasang", "Yolvorma" Duetdoshlri: Abdulaziz Karim "Erkatoyim", Davron Ergashev "Muhabbatim" Daromad manbai: To`ylar va konsertlar. Rayhon G'aniyeva Sevgi va Muhabat farishtasi nomini olgan bu go'zal qizaloq O'zbek Shou-Biznesida judaham katta muofaqiyatlarga erishgan desak mubolag'a bo'lmaydi Rayhon O'zbek Shou Biznesi shakillana boshlagan vaqtdan beri O'zbekistonda ijod qilib kelayotgan sanoqli qo'shiqchilardan biri ayol xonandalardan esa yakka o'zi, Rayhon O'zbekistonda ketma-ket o'n yil konsert qo'ygan birinchi O'zbek xonandasi hisoblanadi bu cho'qqiga xattoki Y.Umonova, O.Nazarbekov, Shahzoda kabi xonandalarham chiqa olishmagan Rayhon ni deyarli barcha mavzuga bag'ishlangan qo'shiqlari bor desak mubolag'a bo'lmaydi. Muxlislariga atalgan uch tilak: baxt, sevgi va sog`lik yor bo`lsin! Biz ham o'z navbatida Rayhonni ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 22 Apr 2019, 19:59
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 230 (0/230)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru