Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ozodbek Nazarbekov haqida
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan. 1994 yildan qo`shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002 yildan buyon "O'zbeknavo" estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do`stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15-16-17 aprel kunlari “Sening darding...”, 2007-yil 7-14 aprelda “Diydor shirin”, 2008 yil aprelda “Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda “Yaprog’imiz azim chinorning”, 2009 yil 4-24 aprelda “Mushtarak manzil”, 2010 yil 5-23 aprel kunlari “Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini o`z muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg’ur nomidagi san`at oliygohining talabasi bo’ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda. 2007-yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010 yilda elu yurtning yuksak mukofoti “O’zbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor bo’ldi. 2010 yil мusiqa va tele video аsarlari nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotining “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo’lga kiritdi. 2010-yil men uchun juda ham omadli keldi. Hayotimda o’zim kutmagan voqealar sodir bo’ldi. Olgan mukofotlarimda hammangizning hissangiz bor. 2011-yil sizlarga ham kutilmagan omadlarni olib kelsin. Hamisha baxtimga omon bo’linglar, aziz muxlislarim!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 22 Apr 2019, 20:06
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 91 (0/91)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru