Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Iskandar Mahmudov - O'zbek milliarderi
ISKANDAR MAHMUDOV Tug’ilgan sanasi: 5 Dekabr, 1963 Tug’ilgan Joyi: Buxoro, O’zbekiston Sohasi: Konchilik, Metal savdosi, Dastgohchilik, O’rmonchilik Yashash joyi: Moskva, Rossiya Fuqaroligi: Rossiya Ma’lumoti: Bakalavr, Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Oilaviy ahvoli: Uylangan Farzandlari: 1 Moliyaviy ahvoli: $8.2 milliard (2012) Iskandar Mahmudov Qahramonovich 1963-yilning 5-Dekabrida Buxoro shahrida tavallud topgan. Iskandar Mahmudovning onasi Universitetda chet tilidan saboq bergan, otasi esa quruvchilik bilan shug’ullangan. Mahmudovlar oilasi keyinchalik Toshkent shahriga ko’chib o’tadi va Iskandarning kelajagi Toshkent shahrida shakllana boshlaydi. Iskandar Mahmudovning chet tillariga bo’lgan qiziqishi uni Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutiga yetaklab keladi. U yerni Arab tili mutahassisi sifatida muvaffaqiyatli bitirib, olgan bilimlarini sobiq Sovet Ittifoqi davrida barpo etilgan Liviya va Iroqdagi turli harbiy, arxitektura va quruvchilik tashkilotlarida ishga soladi. Iskandar Mahmudovning savdo-sotiq bo’yicha ilk tajriba va faoliyati mamlakat uchun kerakli bo’lgan hom-ashyolarni topib, sotib olish bilan shug’ullanuvchi tashkilot – "Uzbekintorg”da o’z aksini topadi. Mahmudov keyinchalik Rossiyaning Moskva shahriga ko’chib o’tadi va u yerda o’zining eski qadrdoni va vatandoshi bo’lgan Mixail Cherniy bilan topishadi. Iskandar o’zining tadbirkorlikdagi katta qadamlarini Cherniy va aka-uka Rubenlar bilan birgalikda, bir vaqtlar Rossiyaning eng yirik metal savdosi tashkiloti bo’lgan Trans World Groupda boshlaydi. Ozgina vaqt o’tmay, bu tashkilotdan ketib, mis savdosi bilan alohida shug’ullana boshlaydi. Bu bozordagi kerakli aloqalarni o’z vaqtida o’zlashtira olishi, Mahmudovning kelajakdagi metal sohasidagi faoliyatlari uchun yo’lakcha bo’lib hizmat qiladi. 1991-1994 yillar davomida Iskandar Mahmudov Alis tashkilotining Marketing bo’lim boshlig’i o’rinbosari sifatida hizmat qiladi. 1994-yildan 1996gacha esa, mis rudasini qazib chiqarishda ilg’orlardan bo’lgan Gayski konchilik kompaniyasining bosh boshqaruvchisi sifatida faoliyat olib boradi. 1999-yilda Iskandar Mahmudov bir nechta safdoshlari bilan birgalikda Ural Konchilik va Metallurgiya Kompaniyasiga asos soladi va shu tashkilotga bugungi kungacha rahbarlik qilib kelmoqda. Mahmudov UKMKning eng yirik aksiyadori hisoblanadi. UKMK hozirda Rossiyaning ikkinchi eng katta mis ishlab chiqaruvchi korhonasidir. 2001-yildan boshlab, "Sayan” savdo-sotiq bankining Rahbarlar yig’ilishi a’zosi sifatida ham qatnashib kelmoqda. Turli ma’lumotlarga ko’ra, Mahmudov imperiyasi Rossiyaning yirik va ko’zga ko’ringan konchilik va metallurgiya korhonalarini o’z ichiga qamrab olgan. Bulardan: "Uralelektromed”, "Kachnarski konchilik va to’plash kompleksi”, "Vanadium” "Srednouralskiy mis eritish korhonasi”larni ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Iskandar Mahmudov boshqaruvidagi korhonalar Rossiyadagi mis ishlab chiqarish sanoatining qariyb 1/2 ulushiga hissa qo’shadi. Mahmudov Rossiyaning eng yirik lokomotiv, vagon va boshqa temir-yo’l odam va yuk tashish vositalarini ishlab chiqarish zavodlaridan biri bo’lgan TransMashHolding tashkilotining eng yirik aksiyadori va rahbari sifatida ham tilga olinadi. Iskandar Mahmudov ikki marta uylangan bo’lib, birinchi turmushidan bitta o’g’li bor. Iskandar Mahmudov 2001-yildan beri, sog’liqni saqlash va meditsina, uy-joy bilan ta’minlash, yetimxonalar, qariyalar uyi va urush veteranlariga ko’maklashish yo’nalishidagi turli loyihalar uchun $1 milliarddan ko’proq pul ajratgan. Shu borada, Mahmudovni Rossiyadagi eng taniqli va ilg’or davlat va jamiyat bilan hamnafas, tadbirkor-sanoatchi milliarder sifatida tilga olinishi ajablanarli emas.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 24 Apr 2019, 20:06
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 216 (0/216)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru