Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | HTML dars — BODY tegi attributlari
Html teglari ma’lum bir attributlarga ega bo‘ladi. Attribut bu — tegni kengroq namoyon qilish imkonini beruvchi qo‘shimchalardir. Dastlabki maqolada html struktursi bilan tanishib chiqgan edik, shu strukturada «body» degan teg mavjud edi, maqola «body» degan teg attributlariga bag‘ishlanadi.
Bu teg ichidagi attributlar, sahifani dastlabki sozlash vazifasini bajaradi, ya’ni agar kodlar ichida shu attributlar o‘zgartirilmasa yoki umuman kiritilmasa, brauzer «body» tegida kiritilgan attributlar asosida sahifani ochib beradi.
Agar biz «body» tegi attributlarini ham kiritmasak, brauzer sahifani, o‘z sozlashlari asosida istalgan ko‘rinishda ochadi. Demak attributlar bilan tanishing:
1. Sahifa foni rangini o‘rnatish.
<body bgcolor=»black»>…</body> yoki <body bgcolor=»#000000″>…</body>
/> Sahifa, qora rangli fonda namoyon bo‘ladi. Rang berishda, rang nomi yoki uning 16lik sanoq tizimidagi raqami kiritiladi. Bu raqamni maxsus utilita(Pixie utilitasi) orqali topib olish mumkin.
2.  Sahifa foni sifatida rasmdan foydalanish.
<body background=»logo.png»>…</body>
Sahifa fonini ko‘rsatilgan rasm orqali yaratish. Rasm hujjat adresi bilan bir hil joyda turgan bo‘lishi kerak, agar boshqa adresda bo‘lsa, to‘liq adres yozilishi lozim.
<body background=»images/logo.png»>…</body>
3. Sahifadagi matn ranglarini belgilash.
<body text=»
#008000″>…</body>
/> Sahifadagi barcha yozuvlar yashil rangda bo‘ladi.
4. Sahifadagi havolalarni(ssыlka) rangini o‘rnatish. Buning 3 xil ko‘rinishi mavjud:
— link — agar havolaga hali kirilmagan bo‘lsa;
— vlink — havolaga bir marotaba bo‘lsa ham kirilgan bo‘lsa;
— alink — sichqonchani havola ustiga olib borilsa.
<body link=»blue» vlink=»red»>…</body>
Agar, havolaga biror martta ham kirilmagan bo‘lsa, u ko‘k rangda, agar kirilgan bo‘lsa qizil rangda ko‘rinadi.
«body» tegining asosiy attributlari shulardan iborat, bu attributlarni bir nechtasini birga ishlatishingiz mumkin, misol uchun quyidagi kodni html hujjatga yozamiz(misol uchun tana.html) va uni brauzer orqali ishga tushirib, natijani ko‘ramiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 May 2018, 20:54
Muallif: @darling (3)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 10 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 179 (0/179)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru