Bloglar | Life hack (hayotiy tezkor yordam) | Telegramning siz bilmagan 17 xususiyati
Assalomu alaykum, texnomanchilar! Bugun sizlar bilan kunlik yumushlarimiz orasidan tobora chuqurroq o'rin olib borayotgan, internet orqali ishlovchilarning og'irini yengil, uzog'ini yaqin, pul bo'lmagan taqdirda ham o'z xizmatlarini ba'zi bir operator abonentlari uchun taqdim qilishdan charchamaydigan TELEGRAM messenjerining siz bilgan, bilmaydigan va bilishni xohlaydigan amallari haqida so'z yuritmoqchimiz. Messenjerdan juda ko'pchilik Ingliz tilida foydalanishini inobatga olgan holda atamalar ingliz tilida ko'rsatib o'tiladi.
1.Telegram Desktop dasturida kerakli suhbatlar va keraksizlarini tartiblash uchun ajoyib usul. Barcha ovozi o'chirilgan chatlarni yashirish uchunSettingsmenyusiga kirib"workmode"so'zini yozib OK ni bosing! Shunga o'xshash ba'zi bir yashirin kodlar quyida keltirilgan:
*.moderate
*.testmode
*.debugmode
*.loadlang
*.crashplease
2.Agarda siz Telegramdagi faolligingiz vaqtini kontaktlaringizga ko'rsatmaslik amalini yoqib qo'ygan bo'lsangiz, yoki boshqa bir kontaktingiz ushbu amaldan foydalansa, uning qancha vaqtdan beri faol bo'lmaganligi haqida sizga ma'lumot beruvchi yozuvlarning sharxlari quyida keltirilgan:
*.Last seen recently - 1 soniya va 2-3 kun oralig'idagi vaqt
*.Last seen within a week - 2-3 kun va 7 kungacha bo'lgan vaqt
*.Last seen within a month - 6-7 kundan bir oy oralig'idagi vaqt
*.Last seen along time ago - bir oydan ko'p bo'lgan vaqtlarda (ushbu yozuvni bloklangan foydalanuvchilar doim ko'radi)
3.Yana bir maslahatimiz, siz faolligingizni ko'rishni ta'qiqlab qo'ygan bo'lsangiz ham sizga xabar kelganida uni o'qishingiz bilan siz xabar yuboruvchining messenjerida "Onlayn" holatiga o'tib qolasiz. Lekin "Onlayn" holatiga o'tmasdan turib xabar o'qish imkoni ham mavjud. Buning uchun sizga xabar kelishi bilanoq, Internetni o'chirib (Yoki Avtonom rejimini yoqib) kelgan xabarni o'qishingiz keyin esa qayta yoqib huddi o'qimagandek holatda turish.
4.Sizning telefon raqamingiz siz tanimaydigan insonlarda qachon paydo bo'lib qolishi mumkin?
*.Agarda siz birorta odamni telefon kontakti sifatida do'stlaringizga qo'shgan vaqtingizda;
*.Agarda sizning kontkatingizda bo'lmagan odam sizning xabaringizni birorta guruh yoki kanalda qayta yuborgan bo'lsa, sizning raqamingiz o'rnida"unknown"so'zi turadi;
*.Agar sizning raqamingiz kontakt sifatida ulashilgan bo'lsa.
5.Agarda Android telefoningizda o'qishni xohlamagan xabarlar haqida bildiruv uni ochmaguningizgacha kelaverayotgan bo'lsa,Settings -> Notifications and Sounds -> Repeat Notificationsga kiribturn repeated notifications offpunktini tanlab qo'ying.
6.Bilasizmi? sizning telegramdagi profilingiz o'chirilgan bo'lsa ham siz tuzgan kanallar o'chib ketmaydi
7.Kerakli xabarlar, musiqalar, videolar va barcha boshqa turdagi fayllarni o'zingiz uchun saqlab qo'yishni istasangiz, siz o'zingiz bilan o'zingiz suhbat qurishni boshlang buning uchun:
*.O'z telefon raqamingizni kontaktlaringiz ro'yxatiga qo'shishingiz yoki
*.Izlash maydoniga Telegram messenjeridagi nomingizni (username) yozib, o'z profilingizni topish amallarini bajarishingiz kifoya
8.Siz o'zingiz bilan chatda ham o'z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin. Xabarlar tahrirlash uchun sizga 48 soat muhlat beriladi.
9.Qanday qilib Telegramda o'zimga yoqqan maqolalarim yoki xabarlarimni saqlab qo'ya olaman?
Buning uchun Sizga kerakli bo'lgan xabarni o'zingizga qayta yuborishingiz kifoya
10.Telegram Desktopda istalgan chat ustiga kelib sichqonchaning o'ng tomonini bosganimizda kontekst menyu ochiladi.
11.Aytgancha telegramdagi so'rovnomalarda nafaqat ovoz berishingiz balki uni qaytib olishingiz ham mumkin.
12.Telegramda 1000 dan ortiq qatnashchilarga ega kanallarni o'chirib bo'lmaydi. Uni o'chirish uchun Telegram Yordam xizmatiga murojaat qilish zarur.
13.Telegramda milliondan ortiq xabarlar tarixini ko'rish imkoni mavjud emas. Bu saqlash joyidagi cheklov emas balki bu o'qish uchun qo'yilgan cheklov hisoblanib, yangi xabarlarni o'chirishingiz bilan eskilari yana paydo bo'laveradi.
14.Spam ga tushib qoldim? Sizga @Spambot yordam beradi. Ushbu bot Nima uchun spam bo'lib qolganingiz hamda ushbu spam holatidagi davr qachon yakunlanishi haqida sizga kerakli ma'lumotlarni berishda xizmat qiladi.
15.Telegram Desktop da fayllarni saqlash joyini o'zingiz belgilab qo'yishingiz mumkin bo'ladi. BuningSettings -> Chat settings -> Download path -> Default folderga o'tib kerakli papkani ko'rsatib qo'yishingiz kifoya
16.Telegram Desktop dasturida Kanaldagi maqola manzilini ko'chirish uchun kerakli maqola ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosibCopy Post Linktugmasini bosing. Android uchun mo'ljallangan dasturda esa maqolaning chekkasida joylashgan menyuni bosibCopy Linkpunktini tanlang.
17.Hozirgi vaqtda Superguruh tuzuvchilari ushbu guruhni tark eta olmaydi, uni shunchaki o'chirishi mumkin. Shuningdek, Superguruhlarni oddiy guruh ham qilish mumkin emas
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 May 2019, 06:58
Muallif: @RM_FANAT (28)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 340 (0/340)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru