Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Gul haqida ajoib faktlar
1. Germaniyada dunyodagi eng keksa atirgul o'sadi. U 1000 yildan beri o'sishda va bir-biridan ajoyib atirgullar atrini taratishda davom etmoqda. Atirgulning bo'yi allaqachon to'rt metrdan-da oshib ketgan.
2. Amerika Kongressi qaroriga ko'ra, 1986 yili atirgul milliy gul sifatida tan olingan.
3. Avstraliyada o'sadigan tropik gullar shu zamindan bo'lak dunyoning hech bir maskanida uchramaydi.
4. Qadimiy Misrda gul o'stirishni 4 ming yil oldin boshlashgan.
5. Xrizantema Yaponiyada imperator guli hisoblanadi. Shu gul sharafiga mamlakatda Xrizantema ordeni ham ta'sis etilgan. Yaponiyada o'sadigan gullarning aksariyati o'zidan hid taratmaydi. Chunki bu davlatda gullardan hidlab emas, husniga boqib zavqlanishga odatlanishgan.
6. Dunyoda eng tez o'sadigan gul lola sanaladi. Lola bir kecha-kunduzda 2 santimetrgacha o'sishi mumkin.
7. Amerikadagi yovvoyi fikus deb nomlangan gulning ildizlari 120 metrgacha yetadi.
8. Xitoyda pion deb nom olgan gul millat faxri hisoblanadi. Xitoyliklar pion xonadonlardan yovuz ruhlarni haydashiga qattiq ishonishadi.
9. Ko'plab gullar bemorlarni davolash xususiyatiga ega. Masalan, delfinium degan gulni qachonlardir qo'l va oyoqlar singanda malham sifatida bosishgan. Gul jarohatni juda qisqa fursatda bitkaza olgan.
10. Janubiy Amerika tog' cho'qqilarida bir gul o'sadi. U 150 yilda bir marta gullaydi. Gullashga gullaydi-yu, ammo shu zahoti halok bo'ladi.
Manba:hordiq.uz
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 8 Jun 2019, 05:27
Muallif: @Najmiddin (25)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 202 (0/202)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru