Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Eng qudratli yadro quroli
RDS-202 g'arb davlatlarida esa "Tsar Bomba" deb ataluvchi yadro quroli 1961-yilning 30-oktyabrida Sobiq Sovet Respublikasi tomonidan sinovdan o'tkazilgan eng yirik va qudratli termoyadro bombasidir. Uning portlash quvvati 50 Megatonna TNT dan yuqoriroq bo'lgan. Bu esa Hirosimaga tashlangan atom bombasidan 3400 marta, Nagasakiga tashlangan bombadan esa 2000 marta qudratliroq. Ushbu portlash insoniyat tarixidagi eng qudratli portlash hisoblanadi. Bombaning og'irligi 27 tonna, uzunligi 8 metr, diametri esa 2.1 metrni tashkil etgan. Uning kodlangan nomi Ivan yoki Vanya deb nomlangan. Agar taqqoslaydigan bo'lsak undan keyingi o'rinda Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan (1954-yilda) amalga oshirilgan eng qudratli yadro portlashi "Castle Bravo"ning portlash quvvati 15 Megatonna TNT ni tashkil etgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 7 Aug 2019, 14:05
Muallif: @Azimjon (3)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 324 (0/324)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru