Bloglar | Foydali ma'lumotlar | jаvаsсriрtda operatorlar, funksiyalar, ifodalar
Qo’shish “+”, ayirish “-”, ko’paytirsh “*”, bo’lish “/”, qoldiqli bo’lish “%”.
Bu ifodalar har qanday sonli ifodalarda uchrashi mumkin.
Shuni ko’rish mumkinki, jаvаsсriрtdagi o’zlashtirish operatorlari C va Java dagilar bilan bir hil: “=”, “+=”, “-=”, “*=”, “/=”, “%=”.
x=y ifoda boshqa ko’pgina dasturlash tillaridagi kabi “x” o’zgaruvchiga “y” qiymatni berishni bildiradi.
Quyidagi operatorlar C dagi mos operatorlar bilan bir hil sintaktik qoidalarga ega:
y+=x bilan y=y+x ekvivalent
y-=x bilan y=y-x ekvivalent
y*=x bilan y=y*x ekvivalent
y/=x bilan y=y/x ekvivalent
y%=x bilan y=y%x – y ni x ga butun bo’lgandagi qoldiq- ekvivalent.
Shartli ifodalar quyidagi ko’rinishga ega
(shart)?qiymat1:qiymat2
Agarshartning qiymatu true bo’sa, shartli ifodaning qiymatiqiymat1ga teng bo’ladi, aks holdaqiymat2ga teng bo’ladi. Shartli ifodalarni oddiy ifodalarni qo’llash mumkin bo’lgan hamma joyda qo’llash mumkin.
Misol:
a=(b<1)?0:(x-1)+c
Orttirish va kamaytirish operatorlari ham C dagi kabi sintaksisga ega: "х++", "++х", "х--", "--х".
Ifodalar:
y=x++ ikki o’zlashtirishga ekvivalent: y=x; y=y+1,
y=++x ikki o’zlashtirishga ekvivalent: x=x+1; y=x,
y=x-- ikki o’zlashtirishga ekvivalent: y=x; x=x-1,
y=--x ikki o’zlashtirishga ekvivalent: x=x-1; y=x.
Satrli operatorlar:
Satrlar bilan ishlash uchun bir nechta operatorlar mavjud:
"+" – satrlani qo’shish s1+s2 (konkatenatsiya) s1 satrning simvollari ketma-ketligidan keyin s2 satrning simvollari ketma-ketligi kelgan satrni beradi.
eval(s)– jаvаsсriрtda qurilgan ichki funktsiya. U berilgan argument- bir yoki bir nechta jаvаsсriрt operatorlarini (nuqtali vergul bilan ajratilgan holda) o’z ichiga olgan s satr bilan berilgan kodni bajaradi. Berilgan funktsiyani nafaqat operatorni bajarish uchun, balki ifodalarni hisoblash uchun ham ishlatish mumkin. U berilgan koddagi ohirgi hisoblangan ifodaning qiymatini qaytaradi.eval(s)funktsiaysi foydalanuvchi tomonidan kiritish punktida kiritilgan qiymatni hisoblash va yana jаvаsсriрt dasturda bajarilayotgan kodni dinamik ravishda moslashtirish imkoniyatini beradi. UparseIntvaparseFloatfunktsiyalariga nisbatan umumiyroqdir.
parseFloat(s)– jаvаsсriрtda ichki qurilgan funktsiyadir. U s satrdan birinchi belgidan son bo’lmagan dastlabki belgigacha oraliqdan sonni qidiradi (Float tipidagi). Agar son topilmasa NaN (“Not a Number”) qiymatini qaytaradi.
parseInt(s)– butun sonlar uchun huddi o’sha amalni bajaradi (Integer). Bunda avtomatik ravishda asos topiladi.
parseInt(s,n)– n asos buyicha huddio’sha amal bajariladi (n 2 dan 36 gacha). n=0 bo’lgan hol – buparseInt(s)ni beradi.Bunda avtomatik ravishda asos topiladi.
Bitli o’zlashtirish operatorlar:
Bitli o’lashtirishning bir nechta operatorlari mavjud:
х<<=n x=(x<<n) ga ekvivalent — ikkilik ko’rinishdagi x sonda chapga n bit siljish;
x>>=n x=(x>>n ) ga ekvivalent— ikkilik ko’rinishdagi x sonda ishora bitini saqlagan holda o’ngga n bit siljish (manfiy sonlarning qo’shimcha kodida birinchi bit 1 ga teng bo’ladi. Siljishdan keyin birinchi bitning o’rniga 1 yoziladi va son manfiyligicha qoladi);
x>>>=n x=x>>>n ga ekvivalent — ikkilik ko’rinishdagi x sonda birinchi bitiga 0 ni qo’ygan holda o’ngga n bit siljish (Siljishdan keyin birinchi bitning o’rniga 0 yoziladi va son musbat songa aylanadi);
Chat tomondagi barcha ifodalar (bizda u — "x") 32-bitli butun sonlarga aylantirib olinadi, keyin siljish bajariladi, keyin hosil bo’lgan son ifodaning- natijaning (bizda u yana “x”) tipiga aylantiriladi va o’zlashtirish bajariladi.
Misollar:
1) 9<<2 ifoda 36ni beradi, chunki 1001 ( 9 sonining 2 lik ko’rinishdagi tasviri) da chapga 2 bit siljish 100100ni , ya’ni 36 ni beradi. Yetishmayotgan bitlar 0 lar bilan to’ldiriladi.
9>>2 ifoda 2 ni beradi, chunki 1001 ( 9 sonining 2 lik ko’rinishdagi tasviri)da o’ngga 2 bit siljish 10 ni, ya’ni 2 ni beradi. Yetishmayotgan bitlar 0lar bilan to’ldiriladi.
"&" — bitli AND — "VA";
"|" — bitli OR — "YOKI";
"^" — bitli XOR — "INKOR QILUVCHI YOKI".
Barcha operatsiyalar sonlarning 2 lik ko’rinishida bajariladi, lekin natija oddiy o’nli ko’rinishda qaytariladi.
Misollar:
15&9 ifoda 9 ni beradi, ya’ni (1111) AND (1001) ifoda 1001 ga teng;
15|9 ifoda 15 ni beradi, ya’ni (1111) OR (1001) ifoda 1111 ga teng;
15^9 ifoda 6 ni beradi, ya’ni (1111) XOR (1001) ifoda 0110 ga teng.
Mantiqiy ifodalar.
"&&" — mantiqiy AND — "VA";
"||" — mantiqiy OR — "YOKI";
"!" — mantiqiy NOT — "YO’Q".
Misol:
(a>b)&&(b<=10)||(a>10)
JavaScripda mantiqiy ifodalarni qisqartirilgan tekshirilishi deb ataluvchi amal doimo qo’llaniladi: B1&&B2 operandda B1=false bo’lgan holda B2 ni baholash bajarilmaydi va false qiymati qaytariladi. Shunga o’hshab B1||B2 B1=true holatda true deb baholanadi. Bunda mantiqiy ifodalarni tahlili chapdan o’ngga qarab olib boriladi va faqatgina to’la ifoda baholanib bo’lishi bilan natija qaytariladi. Shuning uchun agar B2 sifatida funktsiya bo’lsa, u chaqirilmaydi, va agar u aks ta’sirga ega bo’lsa, bu hatolikka olib kelishi mumkin.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 12 Aug 2018, 11:54
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 12 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 181 (0/181)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru