C++ dasturlash tili bilan tanishib borishda davom etamiz. Tushunish oson bo’lishi uchun console muhitida misollar ko’rmoqdamiz. Console muhitida kiritish operatori cin>> orqali amalga oshiriladi. cin>> dan so’ng istalgan ma’lumot turi e’lon qilingan o’zgaruvchini joylashtirsak shu o’zgaruvchi qiymatini qo’lda kiritishimiz mumkin bo’ladi. Masalan: #include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int a=0;
cout<<"a sonini kiriting: "; cin>>a;
cout<<" Siz "<<a<<" sonini kiritdingiz "<<endl;
return 0;
}
Ushbu dasturni ishga tushirganingizda console kursori sizning biror qiymat kiritishingizni kutib turadi va berilgan o’zgaruvchiga biror qiymat kiritganingizdan so’ng, keyingi qator amallarini bajarishga o’tadi. Yuqoridagi misolda 5 sonini kiritgan bo’lsangiz, “Siz 5 sonini kiritdingiz” natijasini olishingiz mumkin.
Funksiyani e’lon qilish
Funksiyalarni e’lon qilishning umumiy standardi sifatida quyidagicha qonuniyatni ko’rish mumkin:
ma’lumot_turi funksiya_nomi( ma’l_turi parametr1, ma’l_turi parametr2, …)
{
ifodalar( ya’ni funksiyani asosiy ishini bajaruvchi funksiya tanasi)
}
Funksiyani e’lon qilish va uni chaqirish bo’yicha sodda misol ko’ramiz: #include <iostream>
using namespace std;
int a_plus_b(int a,int b)
{
return (a+b);
}
int main() {
int a=0,b=0;
cout<<“Ikki sonni yig’indisini aniqlash dasturi:\\n”;
cout<<“a sonini kiriting: “; cin>>a;
cout<<“b sonini kiriting: “; cin>>b;
cout<<a<<” va “<<b<<” sonlarining yig’indisi: “<<a_plus_b(a,b)<<endl;
return 0;
}