Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ochlik hissini aldashning 5 yo‘li
Parhez qilishni boshlayotgan ko‘pchilik qizlar ochlik hissini qanday yengish kerak degan qiyin savolga duch keladi. Axir, go‘zallik o‘z yo‘li bilan va xushbichim bo‘lishga intilish maqtovga loyiq bo‘lsa-da, lekin yeyishni hamma ham xohlaydi. Quyida ochlik hissini aldashning ba’zi yo‘llari keltirilgan.
Tez-tez ovqatlanish yordamida aldash
Kam-kamdan ko‘p marta ovqatlanish ishtahani yo‘qotishga yordam beradi. Bir kunda 2—3 marta ovqatlanish rejimidan ko‘ra oz-ozdan va tez-tez 5—6 martagacha yeyish yaxshiroq. Bu holatda to‘yish hissi paydo bo‘ladi, me’da esa kengaymaydi.
Uxlashdan oldin aldash
Bir piyola shakarsiz choy, uzvara, o‘tli qaynatma yoki limon sharbati qo‘shilgan suv ochlik hissini pasaytirishga yordam beradi.
Vizual tarzda aldash
Ayyor psixologik usulning ma’nosi shundaki, ovqatlanish uchun kichkina idish tanlanadi. Bu oddiygina ko‘zni aldash tufayli likop kichkina bo‘lsa ham to‘la ko‘rinadi. Va siz uni bo‘shatganingizda to‘yish hissi paydo bo‘ladi.
Ranglar yordamida aldash
Qizil, to‘q sariq va sariq ranglarning iliq turlari ishtahani ochadi. Yashil va moviy ranglar esa aksincha biroz tinchlantiradi. Shuning uchun oshxona va boshqa xonalar ranglarini qaytadan ko‘rib chiqing va parhez vaqtida bunday ishtahani ochadigan ranglardan uzoqroq yuring.
Hidlar yordamida aldash
Ba’zi hidlar ishtahani pasaytirish xususiyatiga ega deb hisoblanadi. Koritsa, vanilin va qahva bilan do‘stlashishga harakat qiling. Hatto qahva donini yoki bir chimdim ezilgan koritsani biroz chaynash ham mumkin. Ishtahani ochadigan ziravorlarni esa yaxshisi uzoqroqqa yashirib qo‘ying.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 16 Aug 2018, 16:39
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 336 (0/336)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru