Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Facebook haqida aqlga siqmas faktlar
Facebook ning 600 millionga yaqin aktiv foydalanuvchilari mavjud, ulardan 40 millioni har kuni o’z statuslarini o’zgartirib turishadi.
Har oyda facebook ga o’rtacha 2,5 million ta rasmlar joylashtiriladi.
Facebook foydalanuvchisi (1 ta foydalanuvchi)ni o’rtacha do’stlari soni 130 tani tashkil etadi, va ular har oyda o’rtacha 8 ta odamga do’st bo’lishni taklif etishadi.
Facebook trafik (foydalanuvchilar sarflaydigan megabaytlar) bo’yicha Google dan keyin ikkinchi o’rinda turar ekan (2012 yil boshida), lekin istalgan vaqtda birinchi o’ringa chiqib olishi mumkin.
Agar facebook foydalanuvchilari umumiy soni biror davlatni tashkil etganda, Xitoy va Hindistondan keyin aholi ko’pligi bo’yicha 3 o’rinda turar edi.
Dastlab facebook kollej o’quvchilari uchun yaratilgan ijtimoiy sayt edi, lekin hozirgi kunda 70% foydalanuvchilarning yoshi 26 dan kattadir.
O’rta hisobda 1 ta foydalanuvchi facebook da kuniga 55 minut o’tirar ekan, 1 oyda 25 ta kommentariya qoldirar va 9 marotaba like tugmasini bosar ekan.
Foydalanuvchilarning 70%, Amerika Qo’shma Shtatlaridan tashqarida istiqomat qilishadi.
Suriya, Xitoy, Vetnam va Eron davlatlari facebook dan foydalanishni taqiqlab qo’yishgan.
2009 yil sentyabr oyida, facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg, sayt keltirgan mablag’, xarajatlarni to’la qoplab, foyda tomonga o’tganligini e’lon qildi.
Florida shtatida, shu shtatning sudya va advokatlari facebook orqali bir biri bilan do’st bo’lishini taqiqlab qo’ydi.
Facebook da foydalanuvchi nomi, uning rasmi, istiqomat qiladigan shahari va xakazolari rasmiy ochiq hisoblanadi.
Digital Sky Technologies kompaniyasi facebook ni $200 mln bilan moliyalashtirgan, bu yordami evaziga saytning 1,96%dolyasiga ega bo’lgan. Bu ijtimoiy tarmoq rivoji uchun Gold man Sachs va DST banklari ham birgalikda $500 mln pul ajratishgan.
Hech qaysi Facebook hodimlari, shu nomli filmda suratga tushishga rozi bo’lishmagan.
20 minut ichida facebook da 1 million "ссылка"lar dunyo yuzini ko’rar ekan (2012 yil uchun).
Har soatda 4,5 millionodam facebook orqali qandaydir marosimlarga (мероприятие) larga taklifnomalar olishar ekan.
Facebook saytiga dastlabki yordam puli ajratgan (sponsorlik) shaxs bu-Paypal yaratuvchisi Piter Til dir, u bu proyekt uchun 2004 yil 500 000$ ajratgan.
Facebook uchun yaratiladigan ilova(приложения)larni 800 000 yaratuvchi (разработчик) yaratadi.
Facebook 70 ga yaqin tillarga tarjima qilingan, 300 minga yaqin foydalanuvchilar boshqa tillarga tarjima qilishga yordamlashib yuborishgan.
65 millinga yaqin facebook foydalanuvchilari, saytga mobil telefon orqali ulanishadi, bu degani aktiv foydalanuvchilaning 50%.
Facebook ning quyidagi shaharlarda ofisi mavjud:Dublin, London, Parij, Sidney, Toronto, Nyu-York, Chikago, Atlanta, Dallas va Detroit.
Sukerberg ning yillik oylik maoshi(2011 yil uchun)500 ming dollarni tashkil etadi.
Facebook dunyoda foto xosting bo’yicha birinchi o’rinda turadi, Har kuni bu xosting serveriga 3 terrabaytga yaqin rasm joylashtirilar ekan. Serverdagi umumiy rasmlar soni 40 milliardni tashkil qilar ekan.
Facebook dan foydalanuvchilar umuman qutila olishmaydi, agar siz o’z nomingizni u yerdan o’chirib tashlasangiz ham, siz haqingizdagi ma’lumotlar serverda saqlanib qolaveradi. Sizning ismingiz, yoshingiz hattoki rasmingiz ham serverda 4 nusхada saqlanadi. Siz xat orqali administratorga o’z profilingizni o’chirib tashlash xaqida xabar jo’natishingiz mumkin, lekin foydasi bormikin...
57% odamlar avval facebook orqali tanishib, keyin hayotda uchrashishar ekan.
2011 yil yangi yilda foydalanuvchilar 750 million rasmlarni facebook ga joylashtirishgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 16 Aug 2018, 19:48
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 19 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 198 (0/198)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru