Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Xitoy yuani haqida qiziqarli ma 'lumotlar
Yuan — Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi. Xitoychadan tarjima qilinganda "yuan" "dumaloq" yoki "dumaloq tanga" degan ma'noni bildiradi.
"Yuan" so'zining kelib chiqishi Sin sulolasi hukmdorligi davriga borib taqaladi. O'sha davrlarda dumaloq kumush tanga shunday nomlangan. 1969-yildan buyon xitoy puli rasman "jenminbi" ("xalq puli" ma'nosini bildiradi) deb ataladi, yuan esa jenminbining o'lchov birligidir. Agar Xitoyga otlanayotgan bo'lsangiz, shuni e'tiborga olingki, xitoy yuani Gonkong va Makaodan tashqari butun Xitoydagi qonuniy to'lov vositasi hisoblanadi. Gonkong va Makao o'z valyutalaridan foydalanish huquqiga ega. Endi esa yuan haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing.
1. Xitoy yuani – Xitoydagi dumaloq shaklga ega bo'lgan ilk pul. Bungacha tangalar kurak, bolta, omoch shaklida bo'lgan.
2. Xitoy valyutasi 100ga 1 tamoyiliga mos kelmaydi, masalan, 1 so'm=100 tiyin singari. Bu erda 1-10-10 sxemasi amal qiladi. Ya'ni 1 yuan 10 yao (yoki szyao)ga teng, 1 yao esa 10 fenga teng.
3. Xitoy yuani beshta seriyada chiqarilgan. Birinchi seriya banknotlar 1948 yil dekabrida chiqarilgan. Ikkinchi seriya 1955 yilda, uchinchisi esa 1962 yilda chiqarilgan. Uzoq vaqt mobaynida ikkinchi va uchinchi seriyadagi yuanlar bir vaqtning o'zida amal qilgan. Uchinchi seriya 2000 yilda butunlay muomaladan olingan. To'rtinchi seriyadagi banknotlar 1987-1997 yillarda chiqarilgan va hozirda ham amalda bo'lsa-da, asta-sekin muomaladan chiqarilmoqda. So'nggi beshinchi seriyadagi pullar 1999 yildan beri chiqariladi.
4. Ilgari yuanning dollarga nisbatan kursi davlat tomonidan belgilanardi. Lekin 2005 yilning iyulida Xitoy valyutasining dollarga bog'lanishidan voz kechdi. O'shandan buyon yuan kursi uning bir nechta valyutalar savatchasiga nisbatidan kelib chiqib belgilanadi.
5. Kichik qiymatdagi kupyuralar past darajadagi himoyaga ega, ularda himoya chiziqlari umuman yo'q. Yirik qiymatdagi kupyuralarda esa himoya vositasi sifatida Maoning soch tolalaridan ham foydalaniladi. Ularni barmog'ingiz bilan pulni silab sezishingiz mumkin.
6. Muomaladagi barcha banknotlarda davlat arbobi Mao Szedunning portreti va milliy gerb tasviri tushirilgan. 1, 5 va 10 yuanlik pullarning orqa tomonida Changyang darasidagi daryo manzarasi, 20 yuanlikda esa Xuanxe daryosi tasvirlangan. 50 yuanlik pulda Buyuk Xitoy devori, 100 yuanlikda esa uchayotgan ajdarho va Pekindagi China Century Altar binosi surati bor.
7. Eng katta qiymatdagi kupyura —100 yuan. Shuning uchun qimmat narsani sotib olish uchun bir xalta pul ko'tarib borishga to'g'ri keladi.
8. Xitoy tangalarida hech qanday siyosiy tasvirlar yo'q. Masalan, 1 yuanlik tangada xrizantema tasvirlangan.
9. 2013 yilda yuan eng ommabop valyutalar reytingida evroni ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egallagan.
10. Agar Xitoyda yurganingizda "motam" puli degan iborani eshitsangiz xavotirga tushmang. Xitoyliklarning irimlariga ko'ra, har bir inson narigi dunyoda ham o'zi haqida qayg'urish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun ular motam marosimlarini o'tkazish uchun rekvizit vazifasini bajaruvchi pullarni o'ylab topishgan. Ular 500, 10 ming, 100 ming va 500 million dollarlik qiymatda chiqariladi. Bu pullarga "Do'zax banki" degan yozuv hamda hayotdan ko'z yumgan taniqli shaxslarning suratlari tushirilgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Aug 2018, 08:15
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 147 (0/147)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru