Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Nima uchun muzlatgichda pomidor o‘zgaradi?
Amerikalik biologlar muzlatgichda saqlangan pomidorlar nima uchun ta’mini yo‘qotishi sababini aniqladilar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi, deb yozadiKun.uz.
Florida universiteti professori Garri Kli boshchiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan ko‘proq pomidor genining sovuq sharoitdagi holatini o‘rgandilar. Sovitish pomidor uchun jiddiy stress bo‘lib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba’zilari uchuvchan kimyoviy birikmalarning sintezi uchun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta’mi va hidini to‘yingarroq qiladi. Ko‘plab enzimlar pomidor muzlatgichdan xona haroratidagi sharoitga olinganda ham tiklanmaydi.
Keyingi tahlil sovitish DNK metillashishi mexanizmida o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Metillashish genlarni uzoq vaqtga «o‘chirish» yoki «yoqish»ga imkon berishi sababli sovitishda hosil bo‘lgan buzilishlar pomidorning ta’m va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt ko‘rsatishi mumkin
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 2 Oct 2018, 15:41
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 242 (0/242)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru