Bloglar | Taom retseplari | «Qulupnayzor» chizkeyki
Zarur masalliqlar: 200 gr. uvadalanuvchi pechene, 75 gr. sariyog`; ichiga solishga: 600 gr. tvorog, 300 ml. smetana, 180 gr. shakar, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq kraxmal, yarimta limon sharbati, 1 o`ram vanilinli shakar; bezak uchun: 500 gr. qulupnay, 2–3 osh qoshiq shakar, jele.
Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni blenderda yaxshilab ezing. Muzlatilgan sariyog` bo`laklari solib, aralashtirishda davom eting.
2. Aralashmani aylanasi 22 sm. bo`lgan solipga tekis qilib solib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10–15 daqiqaga qo`ying.
3. Tvorog va tuxumni aralashtiring, Mahsulotlar xona haroratida bo`lishiga e`tibor bering.
4. Endi qolgan mahsulotlarni solib arashlashtirishda davom eting. Ko`pirtirish shartmas. Agar masalliq juda quyuq bo`lib ketayogan bo`lsa, yana ozgina smetana qo`shish mumkin.
5. Biskvit qolipining atrofini 2 qavat qilib zar qog`oz bilan o`rang. Biskvit ustiga tvorogli aralashmani soling.
6. Qolipni kattaroq toblama qolipiga joylang. To yarmiga kelgunicha suv quying-da, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo`ying.
7. Chizkeykni gaz pechidan olgach, sovitib 8 soat muzlatkichda qoldiring.
8. Qulupnaylarni bo`laklarga bo`lib, chizkeykni bezating. Ustidan jele quying. Qolgan qulupnay bo`laklarini esa shakar bilan blenderda ezib, sous tayyorlang-da, shirinlik ustidan soling.
8 kishilik
2 soat
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 4 Oct 2018, 07:44
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 243 (0/243)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru