Bloglar | Taom retseplari | Iyun oqshomi shirinligi
Zarur masalliqlar: 150 gr. olcha mevasi, 120 gr. un, yarim stakan shakar, 5 dona tuxum, 1 osh qoshiq qand upasi, 1 choy qoshiq sariyog`, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Olcha mevasini bir kun oldin danagidan tozalab, muzlatkichga qo`ying. Muzlatkichdan olganingizdan so`ng muzlangan mevalar erib, sharbati yaxshi ajraladi.
2. Tuxumning oqiga tuz solib ko`pirtiring, sarig`ini esa shakar bilan ko`pirtirasiz.
3. Tuxum sarig`iga un qo`shib, yaxshilaab aralashtirgach, ko`pirtirilgan tuxum oqini solamiz.
4. Aylana shakldagi qolipni sariyog` bilan yog`lab, xamirning yarmidan ozrog`ini soling. Ustiga suvidan ajratilgan olcha mevalarini tering. Keyin qolgan xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga qo`ying. Olovni o`chirgach, 10 daqiqaga gaz pechidan olmang. So`ngra yuziga qand upasi seping.
6 kishilik
1 soat
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:38
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 195 (0/195)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru