Bloglar | Taom retseplari | Uy sharoitida Twix shokoladini tayyorlaymiz
Biz sizning e’tiboringizga tayyorlash juda oson bo‘lgan, ta’mi esa haqiqiy Twix’dan ham mazali bo‘lgan shokolad retseptini havola qilmoqchimiz. Albatta tayyorlab ko‘ring!
Kerakli masalliqlar:
400 g sariyog‘
2 stakan un
yarim stakan shakar
2 banka quyultirilgan sut
300 g sutli shokolad
Tayyorlanishi:
Sariyog‘ (karamelli aralashma uchun biroz qismini qoldiring), un va shakarni blenderda aralashtiramiz.
Xamir uvalanuvchan chiqadi. Uni to‘g‘ri burchakli formaga joylashtiring, shibbalang, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. 20 daqiqa davomida pishiring.
Chuqur tovada karamelli aralashmani tayyorlaymiz. Buning uchun uning ichiga qolgan sariyog‘ni va 2 banka quyultirilgan sutni soling, o‘rtacha olovga qo‘ying va karamelli massa holatiga kelguncha qaynating. Bunga 20 daqiqaga yaqin vaqt ketadi.
Tayyor bo‘lgan korjlar ustiga karamelli aralashmani joylashtiramiz, tekislaymiz
Oxirgi ishimiz shokoladni tayyorlash bo‘ladi. Uni suvli hammomda eritamiz. Keyin bu shokoladni karamelli massa solingan korj ustiga quyamiz, yana tekislaymiz.
Uni sovutgichga qo‘yamiz va yaxshi soviguncha kutamiz. Xohlagan shaklda qilib kesamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:49
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 222 (0/222)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru