Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Telifoniz. qotib qolib sekin ishlasa.
E 'tibor bergan bo 'lsangiz , Android smartfon yangi xarid qilingan vaqtida juda tez va chaqqon ishlaydi. Biroq bir muddat o ' tgandan keyin smartfon dasturining ishlashi sekinlashadi , samaradorligi kamayadi. Xo' sh, bunga sabab nima ? Gap shundaki, qo'lingizda telefonning tezkor xotirasi hajmi o' rtacha segmentdagi kompyuterlarning tezkor xotirasi bilan barobar yoki undan ham ko 'p . Tasavvur qiling , qo 'lingizda shunchaki telefon emas, balki kompyuter joylashgan. Shu bois uning dasturida juda ham ko' p prosesslar bajariladi . Ko 'pincha telefonning qotishiga mos bo' lmagan zararli ilovalar , dasturning eskirishi yoki noto 'g 'ri foydalanish sabab bo 'lishi mumkin .
Keling , endi, smartfonning har doim chaqqon ishlashini ta' minlash uchun yordam beradigan profilaktika usullari bilan tanishsak .
Dastur fonidagi prosesslar . Smartfonga juda ko 'p ilovalarni yuklash uning ishini sekinlashtiradi . Ilovani yopganingiz bilan u baribir fonda ishlab , xotirani band qilib turaveradi . Ayniqsa , agar haddan tashqari ko' p ilovalar o 'rnatilgan bo'lsa , bu telefon samaradorligiga sezilarli ta'sir ko' rsatadi . Bunday keraksiz ilovalarga jonli oboylar va vidjetlarni kiritish mumkin . Buning oldini olish uchun zaruriy bo'lmagan ilovalarni telefondan o 'chirib yuborish lozim. Telefonni ishlab chiqaruvchi parametrlariga ( Factory dаtа Reset) qaytarish bu muam moda juda katta yordam beradi .
Dasturiy ta'minotni yangilash. Juda ko' p foydalanuvchilar telefon dasturiy ta'minotini yangilab turmaydilar. Yuqorida aytilganday, smartfonning dasturi katta hajmli va doim profilaktika talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar zaruratga qarab dastur yangilanishlarini chiqarib turishadi . Ayniqsa , so'nggi paytda Google va Samsung har oyda dastur yangilanishlarini taqdim qilishmoqda. Xavotir olmang , dasturiy ta'minotni yangilash uchun Malikaga borish yoki birovdan iltimos qilish shart emas. Buni shunchaki internetga ulangan holda telefon sozlamalarida amalga oshirsa bo 'ladi. Yangilanishlar dasturning himoyasini oshiradi , versiyasini yangilaydi , qo' shimcha imkoniyat va funksiyalarni taqdim etadi. Dasturni yangilash usullari haqida hali alohida maqola chop etamiz .
Doimiy xotiraning to' lishi. Odatda, telefonning doimiy xotirasi to 'lig' icha band bo'lganda , uning ishlashi sustlashadi. Shu sabab telefondagi fayllarni tekshiring , zarur bo 'lmaganlarini o 'chirib tashlang yoki SD-kartaga o 'tkazing. Telefon sozlamalarida kesh-fayllarni o' chirishni unutmang .
Yuqoridagi birlamchi profilaktika usullariga amal qilsangiz , telefoningiz qotmasdan, elib-yugurib xizmatingizni bajaraveradi. Unutmang, smartfon bu shunchaki telefon emas, u katta imkoniyatlarga ega bo' lgan gadjet . Shu bois uning tez va yaxshi ishlashi, ko' pincha, o 'zingizga bog' liq.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 9 Oct 2018, 19:54
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 22 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 222 (0/222)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru