Bloglar | Kompyuter dasturlari | photoshop 3-qism
Muqobilliklari.
Photoshop mukammal surat muharriri bo'lsada va shu sohadagi bozorda monopolashgan bo'lsada, juda qimmatligi unga nisbatan arzon yoki bepul dasturlarning yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, GIMPdasturi mutlaqo bepul. Shu sababli ham Adobe firmasi ommaga o'z mahsulotining arzon va bepul ko'rinishlarini taqdim etdi. Ular Photoshop Elements va bepul targ'ib etiladigan Photoshop Albumdir. Bu dasturlarda funksiyalar juda qisqartirilgan va ma'lum bir ishlar uchun asqatadi. Adobe Photoshop Lightroom dasturi fotosuratlarni shunchaki kichik tahrirlash uchun xizmat qiladi.
Dasturning afzalliklari
Adobe Photoshop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Ular:
*.PSD
*.PSB
*.PostScript
*.EPS
*.DCS
*.EPS TIFF
*.BMP
*.GIF
*.JPEG
*.TIFF
*.PICT
*.PNG
*.PDF
*.ICO
*.IFF
*.PCX
*.RAW
*.TGA
*.Scitex CT
*.Filmstrip
*.FlashPix
*.JPEG2000 va boshqalar
Eng ko’p qo’llaniladigan formatlar :
BMP (Windows Bit map — Windows ning vit xaritasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo’llovchi dastur Microsoft Paintdakeng qo’llaniladi.
Jpeg, JPG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng ko’p qo’llaniladigan formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o’zgarish bo’ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.
TIFF(Tagger Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qo’llanadi. Lekin Tiffformatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin. RGB(red, Green, Blue - qizil, ko’k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGBranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumakin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
CMYK— tabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o’ziga mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning ta’siri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning o’t o'chirish burchaklariga osib qo’yilgan o’t o'chirgichlar to’q ko’k va zangori ranglar bilan bo’yalishiga qaramay, bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir biriga qo’shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: S — xavorang, M — binafsharang, Y — sariq rang, K — qora rang. RGB ranglar majmui keng ko’lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko’p qismi (ayniqsa, yorkinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois xam ko’plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYKsistemasiga o’tkazadilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslaxat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklar tutdiradi. Ayni shunday qiyinchiliklardan biri — kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan bo’lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo’shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga mo’ljallangan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 31 Oct 2018, 21:18
Muallif: @wapmasteruzb (10)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 161 (0/161)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru