Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Dasturchilar nimaga davlat ishidan qochishadi...
Nega dasturchilar davlatishlaridan qochishadi?Oxirgi bir yil ichida barcha davlat tashkilotlari dasturchilarni ishga olish bo'yicha juda ko'p takliflarga ko'zim tushyapti. Oylik maoshlar ham oldingidan ancha yuqori.Misol uchun MIB 7-11 mln. oylik maoshga taklifqilyapti. Bundan tashqari har bir davlat tashkiloti dasturchi mutaxassislarga muhtoj.Nega oylik maoshi yaxshi, qo'shimcha imkoniyatlar mavjudligiga qaramasdan dasturchilar hamon tashqi davlatlar bilan yoki freelancer sifatida (erkin tartibda) ishlashnima'qul ko'rishadi? Agar bunga faqat oylik maoshkamligi desangiz juda katta xato qilasiz. Bu yerda boshqa kamchiliklar ham mavjud. Keling shular haqida gaplashsak.Agar siz barchasi oylik maoshga borib taqaladi, agar sizga ham 2000$ oylik maosh taklif qilsa albatta ishlashga borasiz deb o'ylayotgan bo'lsangiz, iltimos maqolaga 1 baho qo'yingda davomini o'qimang. Vaqtingizni sarflaganingiz qoladi.Talabalik davrimda bitta proyekt ustida ishlaganmiz, tepamizda 3 ta "boshliq" bor edi. Birkun kelib bittasi bunday qilasizlar deb ketsa, ikkinchisi kelib, nega bunaqa qildinglar boshqacha qilinglar. Uchinchisi kelib esa, sizlarga kim aytdi bunaqa qilasizlar deb u o'zni talablarini qo'yib ketardi. Proyektni oxir-oqibat o'zimiz bilgancha tugatib ishdan bo'shab ketganmiz. Shu paytlar hech kim nima ish qildinglar deb emas balki aksincha qog'ozda nimalar yozilgan deb qiziqishardi va shu tariqa pulning asosiy qismini 3 ta "boshliq" bo'lashgancha ozgina shamoli dasturchilarga tegardi. Hozir vaziyat ancha yaxshilashgan, oldingiday 3 ta "boshliq"emas. Lekin shuncha islohotlar bo'lishiga qaramasdan haligacha tizim biz dasturchilar xohlaganday shakllanmagan. Bunga asosiy sabab, proyektga bosh bo'lgan "boshliq" toshbaqa uchadimi degan savoliga yo'q uchmaydi, siz nima deyotganingizni bilasizmi, qaysi zamonda toshbaqa uchgan deb sal aqllilik qilsangiz na oylik maoshingiz ko'tariladi, na o'zingiz ko'tarilasiz, na sizga bonuslar yoziladi. Siz qanchalik yaxshi mutaxassis bo'lmang, boshliq baribirboshliqda.Birinchi sabab shu, yaxshi mutaxassis sifatida qilinayotgan ishning xatoligini bilib turib jim tura olmasligimmeni davlat tashkilotida ishlab "boshliq" larga yaxshi ko'rina olmasligimga sababchi bo'lishidir.Biz insonmiz, har qanday sharoitga moslasha olamiz. Mayli toshbaqa uchadi faqat yerga tegib deb, sekin"boshliq" ga tushuntirarmiz. Asta-sekin "boshliq" ham bizlarni tushuna boshlar. Shu bilan birinchi muammoni hal qildik deb endi ishlayman desangiz, ertalab 9:00 da ishda bo'lishimiz shart lekin"boshliq" ketguncha hamma joyida o'tirishi lozimligini eshitasizu, ehdeb qo`yasiz. Agar"boshliq" dan oldin ketsangiz yana ancha narsadan quruq qolasiz. Bu nima degani endi. Bizkuni bo'yi kompyuter oldida o'tiramiz, kuni bo'yi miyamizni ishlatamiz. Agar inson jismoniy mehnat qilsa, uyiga borib darhol uxlab qoladi, lekin aqliy mehnat bilan shug'ullangan insonlarda uxlash juda qiyin bo'ladi. Uyga soat 21:00 atrofida borsak (agar "boshliq" ning birorta ishi chiqib qolib ketgan bo'lsa) yana ovqat yeb, miyaga dam berib uxlayman deguncha soat 00:00 atrofi bo'lib qoladi. Ertaga yana chala uyqi bilan 9:00 dan kechga qolib borsangiz gap hameshitasiz. Uyqu chala bo'lsa odam ishlagisi ham kelmaydi. Samaradorlik 50% gachatushib ketadi.Ikkinchi sabab, dasturchilarga erkin grafikda ishlashni tashkil qilish kerak. Chunki o'zim ham vaqti kelganda kuniga 16 soatlab ishlayman, vaqti kelganda 4 soatlab ishlayman lekin aytilgan ishni aytilgan vaqtida tugatish zarurligini juda yaxshi bilaman. Shundoq ekan, dasturchilarga ma'lum bir muddatga ishni berish kerak va shu muddat oralig'ida uning qayerda va qanday sharoitda ishlaganini emas, balki ishni qandaytugatganligini nazorat qilgan holda baho berishkerak.Ikkinchi muammoni hal qilish sal qiyinroq, chunki SSSR ta'siridan endi ozod bo'lgan davlatga ishchilarning ish xonaga kelmay ishlashi bu "katastrofa". Mayli bu muammoni ish xonani 24 soat ochiq holda qoldirib, ishchilarni kelgan va ketgan vaqtlarini nazoratqiladigan tizimlar orqali bir ilojini ham qilishar deb xursand bo'lsangiz, uchinchi muammo, ish xonaga "galstuk" (bo'yinbog') taqib ko'ylak-shimlarni kiyib kelish kerak ekan. Nimamish man "katta" lar bilan ishlarmishman. Shu kattalarning o'zi shuklassik kiyimda bitta joyda qimirlamasdan, qattiq stulda o'tira olarmikan a?Shunaqa qilib uchinchi sabab, kiyim masalasi. Biz dasturchilar bo'lsak, mijozlar bilan ishlamasak, hech kimning ko'ziga deyarli ko'rinmasak, nega endi chiroyli kiyinib o'tirishimiz kerak. Erkin, o'zimizga mos kiyimlarda o'tirib ishni tezroq tugatganimiz ma'qul emasmi?Biz XXI asrda yashayapmiz, oldinga intilishimiz kerak. Toshbaqalarning uchadigan davrlar o'tdi. Agar davlatimizning rivojlanishini xohlasak o'z bilganimizcha emas, dunyo tajribasidan kelib chiqib sharoitlarni yaratishimiz kerak. Shundoq ekan, hech bo'lmaganda quyidagicha qilinsa, o'ylashimcha hozirgidanancha yengilroq bo'lardi.Birinchidan, birorta ishniboshlashdan oldin mutaxassisga topshirishva to'laqonli o'rganib, yakunlangan ish sifatidadasturchilarga topshirish, yo'l-yo'lakay o'zgartirmasdan.Ikkinchidan, "boshliq" lar aytgancha emas, yuqorida tugallangan ishbo'yicha qilish.Uchinchidan, mayli 9:00da kelmasin lekin kuniga8 soat yoki haftasiga 40 soat ishlab bersin. Xohlasa bir kunda 16 soatdan 3 kun ishlasin, xohlasa 7 soatdan 6 kun. Albatta ishxonaga kelgan holda. TimeDoctor kabi dasturlar yordamida ishchilarning uyda o'tiribishlagan yoki ishlamaganini bilish imkoni bo'lishiga qaramasdan, yuqorida yozganimdek, ish xonaga bormaslik bu bizuchun "katastrofa".To'rtinchidan, yerto'ladao'tirsayam, erkin kiyinsin!Agar mendan yuqoridagisharoitlar yaratilganda ishlarmidingiz deyishsa, balki "propiska" uchun balki vatanga xizmat qilish hissi uyg'ongandaishlashim mumkin deyman. Lekin hozir"otib tashlashsayam" ishlashga bormagan bo'lardim.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Nov 2018, 21:25
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 2 ta
Ko'rilgan: 20 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 204 (0/204)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru