Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Nokia haqida 3
Microsoft’ning Nokia mobil biznesini sotib olishi haqidagi rejalari haqida 2013-yil sentabr oyida e’lon qilingan edi. Nokia’ning qurilmalar ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi, shuningdek, ular bilan bog‘liq patentlar narxi 5,44 milliard yevroga baholangan edi. Finlyandiya kompaniyasining o‘zi uch yo‘nalish – telekommunikatsion jihozlar, kartalar va HERE navigatsiya servisini ishlab chiqarishga urg‘u berish istagini bildirgan.
Mazkur "telefon” biznesi xaridini Microsoft o‘zining birinchi raqamli smartfonlar ishlab chiqaruvchiga aylanish va smartfonlar bozoridagi ulushini to‘rt baravar ko‘paytirish istagi bilan izohlagan. 2018-yilga kelib, korporatsiya bu ko‘rsatkichni 15 foizga yetkazishni rejalashtirgan. Nokia’ning patentlar portfeli xaridini esa Microsoft AT sektoridagi eng qimmatli, deya e’tirof etgan.
Kompaniyaning turli davrlardagi logotiplari
Kompaniya o‘zining butun tarixi davrida 4 ta logotipiga ega bo‘ldi. Ulardan so‘nggisi ikki turli ko‘rinishga ega. Shuningdеk, kompaniya logotiplariga bo‘linmalarining mashhur logotiplarini, jumladan, Nokiani, Nokia Siemens Networks sifatida hamda NAVTEQni kiritish mumkin.
Nokianing birinchi logotipida doira ichiga joylashtirilgan og‘zi ochiq baliq boshi ifodalangan. Mazkur logotip 1865-yilda kompaniya Finlyandiyaning Tampеr shahrida tashkil etilgan davrida yaratilgan bo‘lib, 1871-yilda kompaniyaning korporatsiyaga birlashtirilishi bilan tasdiqlangan edi.
Ikkinchi logotip aslida, 1898-yilda Nokia — Finnish Rubber Works korporatsiyasi tarkibiga kirgan kompaniya logotipi bo‘lgan. Mazkur kompaniya nafaqat poyafzal va pokrishkasi, balki rеzinali boshqa mahsulotlarni ham ishlab chiqargan. Ushbu logotipdan kompaniya 1965-1966 yillarda foydalangan.
Mashhur logotip — jahonga mashhur «Nokia — Connecting People» logotipidan avvalgi Nokia kompaniyasi nayzalari ifodasidir.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Aug 2018, 14:14
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 14 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 219 (0/219)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru